Xotirjamlik yo’qolgan hayotimizdan. Sababi — Orzularimiz ko’payib ketdi.
Taraqqiyot"¦ yaqinda uy ishlarini hammasini bajaradigan bitta moshini o’ylab chiqarishsa ajab emas, universal"¦ammo bu bilan odamlar baxtliroq va xotirjamroq bo’ladi deb o’ylamayman, askincha, va shunday bo’lishi ham kerak. Chunki bizda baxtli va xotirjam hayot haqidagi tasavurrot o’zgargan.
Meni fikrimcha odamlarni charchatayotgan narsa ham aslida mana shu temir yordamchilar. Bu jonivorlar nafaqat ishingizni engil qiladi, balki miyangizning bir muncha shovqin-suronga chidab, asablarning taranglashib ishlashiga ham sabab bo’ladi.
Men gohida uyni supurgida supurgim yoki kirni qo’l bn yuvgim keladi. Jismonan charchasamda ammo qulogim tinchgina bo’ladi: pilesos, kirmoshina va hokazolarning shovqinisiz ishlaysiz. Kegin jismoniy ish odam asabiylashganida, miyasi charchaganida ayni muddao, miya va asablar uchun davo deb oylayman, odam rohatlanadi. Nega odamlar shahar hayotidan charchashsa toqqa chiqqisi, yoki qishloqqa borgisi keladi, tzivilizatsiya yo’q joyga? Olovda ovqat pishirishni, yozni issig’ida ariq boyida idish yuvishni, bazilar yer chopgisi keladi"¦
Oddiy misol: Buvilarimizda kir yuvgani tog’orasi ham bo’lmagan. Ular supurgini qanaqasidan olsam ekan, uning uchun pul yig’ishim kerak deb qayg’urishmagan. 1-ta uyi bo’lgan, 1 supurgi butun umriga etib ortgan, 1-ta ko’ynagi, 1-ta ro’moli bo’lgan — shu xolos. Na Televizor, na telefon, na kiryuvg’ich, na qanaqa koylak kishi haqida bosh qotirish, na boshqasi. Albatta butun fikri va vaqtini bolalariga sarflagan, qolgani esa uy ishiga, sigir buzoqqa degandek. Bu atigi ko’pi bilan 100 yil oldin bo’lgan ishlar. Ishonmasangiz so’rab ko’ring buvilaringizdan.
Onalarimizda esa tog’ora bir nechta bo’lgan, kegin aylantirib beradigan kir moshinasi shuyam bazilarida.
Bizlarda-chi"¦yuvib, suvini siqib qurtib va hatto dazmollab beradigani ham bor, hamma shunisini olgisi keladi, pechlarning 100 xil turi, aralashtirg’ichniyam, pilesos olgani magazinga borsangiz boshingiz aylanadi, blender, sokchiqargich, chesnok-ezg’ich, olmani o’rtasini olib tashlag’ich, limonni birnarsa qilg’ich, yong’oqni tozalab berg’ich, banka ochg’ich, tuxumpishirg’ich(skovorodka)-ku bir bo’liml to’la turadi, (royxatni hali ko’p davom ettirish mumkin), telefon va kompyuter haqida gapirmasak ham bo’laveradi. Ularning ishlatishni o’zi bo’ladimi. Hamamsi informatziyalashgan. Bunaqangi ko’p informatsiyani inson miyasi qabul qilishi va hazm qilishi kerak. Bu uchun miya doimo ishlab turishi kerak. Biz charchamay kim charchasin ))), (kiyim kechak esa bu alohida va judda jiddiy mavzu)
Xullas, menda agar imkon bo’lganda shu tzivilizatsiya mevalarinig hammasidan bo’lmasada ayrimlaridan voz kechgan bo’lardim. Ayniqsa bola tarbiyasidek katta bir masuliyat paydo bo’lganda (InshoAlloh) avvalo TELEVIZORdan. Kimdir meni zamondan ortda qolgan deyishi mumkin, bu uning ishi. Men qarshi emasman taraqqiyotga, askincha, faqat bu taraqqiyot insonning jismoniy, ruhiy va manaviy salomatligiga ziyon etkazmasligi kerak.
Jamiy texnikani inson salomatligiga zaralilik jihatidan tekshiradigan bo’lsak. Televizor yutib chiqadi. Kun boyi newsda urush, odam o’ldirish, portlash, tokshowlaram deyarli shu, vahshiy kinolar, yolg’on seriallar (ayniqsa orzu havasni uyasi ayollar uchun), oilasini mojarosini TVga ko’tarib chiqadiganlar ham kopaygan. Biror kanalda maruza, nasihat yoki aqallan tarbiyaviy bir ko’rsatuv topolmiysiz. Bir kun ko’chada janjalni ko’rib qolsangiz 1 hafta bosh og’riq bo’lasiz. Ayollar ayniqsa tasirchan bo’lishadi. Kim men ayolimni asrayapman deb ayta oladi bulardan? Ayollik xususiyatlarini kim etiborga olayapti?
Ashnaqa ))) Qolganlarini ham aynan shu "tarozi"da o’lchab kerak yo kerak emasligini hal qilamiz InshoAlloh.
Erinmey o’qib chiqaningiz uchun rahmat.