BIRNI KO'RIB FIKR QIL, BIRNI KO'RIB SHUKUR!  ( 94189 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 ... 17 B


Shoxjahon12  28 Yanvar 2010, 10:03:57

Kecha Toshkent-Oqqo'rg'on yo'nalishidagi marshrutkalar qatnaydigan bekatga keldim. Qorong'u tushib qolgan, yo'lovchilar ancha siyrak. Marshrutka egasi - o'rta yoshlardagi shofyor sigaretini tutatgancha o'yga cho'mib turibdi.
-Aka, Oqqo'rg'onga yurasizmi?-so'radim shofyordan.
-Ha, chiqavering. Odamlar yig'ilsin. Yuramiz,- dedi u biroz beparvo oxangda.
Men mashinaga chiqmasdan odam to'lishini kutishni ma'qul ko'rdim. Oradan biroz vaqt o'tgach, yoshi o'ttizlarni qoralab qolgan bir ayol keldi. U  shofyorni ko'pdan beri taniydi shekilli:
-Zafar aka, ketib qolmabsiz, yaxshi bo'ldi. Yana sizni mashinangizda ketadigan bo'ldim, -  dedi u quvonib.
Shofyor uni ko'rdiyu, yuzini burdi.
-Nega unaqasiz? dedi shofyor ayoldan arazlagandek.
-Nima bo'ldi?
- Har kuni Toshkentga qatnaysiz. Mendan boshqa mingta taksiga chiqasiz. Lekin nega har doim mening mashinamda yurishingizni eringizga aytasiz. Har doim "Zafar akaning mashinasiga chiqaman",deb eringizga aytib borarkansiz. Nega boshqa taksistlarni aytmaysiz? Kecha eringiz menga:"Xotinimni yolg'iz qoldirmas ekansan. Zeriktirmaydimi yo'lda...?", deb piching qildi. Axir eringiz noto'g'ri tushunadiku. Nega aytib borasiz?
-Buni nimasi yomon?
-Aytib bormang. Agara aytib boradigan bo'lsangiz, mening mashinamga chiqmang. Shundoq ham muammolarim yetarli. Mashinamga chiqishingizni aytib borib, eringizning noto'g'ri xayolga borib, menga kesatib gapirishlari kerakmas.
Ayol jaxli chiqdi, chog'i nari ketdi va boshqa taksini to'xtatdi.

Qayd etilgan


Shoxjahon12  28 Yanvar 2010, 10:09:35

Komronbek, 6 yosh:
-Men Jumongman!
Sarvar, 7 yosh:
-Yo'q, men Jumongman.
Komronbek:
-Menman Jumong.
Sarvar:
-Menku Jumong.
Dadasi:
-Komronbek, qo'yaver. Sarvar Jumong bo'lsa, sen Dejoyongsan!

Qayd etilgan


Shoxjahon12  28 Yanvar 2010, 10:23:22

Internetdagi "lop" etib chiqib qolgan e'londan:
"Green card" yutib olgan oliy ma'lumotli qiz bilan jiddiy munosabatlar uchun tanishaman" (!!!!)

Qayd etilgan


Shoxjahon12  28 Yanvar 2010, 10:54:19

Er xotini bilan bozorga ketayotgan ekan. Yo'lda er bir eshakni ko'rsatib:
-Qara xotin, qarindoshing ketyapti? -desa, xotin ham:
-Ha, o'sha mening erim tomondan qarindoshim bo'ladi!

(Xojiboy Tojiboyev xangomalaridan)

Qayd etilgan


Shoxjahon12  28 Yanvar 2010, 14:10:59

Bir o'rtog'imning hikoyasi:

Internet degan narsani xali tushunaydigan paytlarim. Institutning 2-kursida o'qirdim. Hamma qatori o'zimga e-mail pochta ochdim. Chet elga o'qishga ketayotgan do'stim bilan xabarlashib turish uchun...
Bir kuni e-mail pochtamga xat kelganligini  ko'rdim. Xatni ochib sinchiklab o'qib chiqdim. Elizabet ismli ayoldan kelgan xat. Ingliz tili fakultetida o'qiganligim uchun til masalasida muammo yo'q: xatning mazmuniga bemalol "tishim o'tdi". Yozilishicha, ayol so'qqabosh ekan. Yoshi ham ancha ekan. U rak kasaliga uchraganmish. Nihoyatda rahmim keldi. "Na oilam bor, na bola-chaqam. 2 million dollar qiymatidagi boyligimni kimga qoldirishni o'ylay-o'ylay oxiri seni topib oldim. Senga qoldirishni xoxlayman". Ich-ichimdan quvondim. Xatining oxirida:"Bankda o'zingga hisob raqami ochdir va menga 50 dollar (?????)  yuborsang hammasi xal bo'ladi", debdi. Bankdagi falonchining oldiga kirish uchun necha odamni o'rtaga qo'ydim. Oxiri falonchi akamning oldiga kirishga muvaffaq bo'ldim. U gaplarimni oxirigacha diqqat bilan eshitdi va miyig'ida kulib:
-Ukam, necha yoshsan?-deb so'radi.
-21.
-Xali go'dak ekansan,ukam. Men bunaqa xatlarni bir kunda 50 tagacha olaman.
Men bo'shashib ketdim.

Qayd etilgan


Mahdiyah  30 Yanvar 2010, 07:39:50

- Allo Assalomu alaykum
- Vaalaykum assalom
- Kechirasiz Maftunani mumkinmi?
- Maftuna ish qivotudi, sal turib telefon qilin.
- Ha mayli, etganimni qivorarsiz...
:D  :D  :D
- Iya uzr uzr qiganimni etvorarsiz  :D

Qayd etilgan


Mahdiyah  13 Fevral 2010, 19:37:26

- obbo... charchadim...

bittasiga ovqat tayyorla...

bittasini tagligini yuv...

bittasini har kuni shimini chang qip keladi...

yana bittasi dib maktabda gap eshitaman...

...jonga tegdi...





Astag'firulloh!
Yetkazganinga shukr... berganingga shukr.
Allohga shukr

Qayd etilgan


Mahdiyah  07 Mart 2010, 22:55:27

Dunyoga kelgan yangi mehmon uni u qadar kutmaganliklarini bilmay shiringina uxlamoqda...

Ota yangi tug'ilgan chaqaloqni ko'rgisiham kelmadi...
U o'g'ilni kutgandi... yana qiz.

"Qiz farzand yaxshi lekin, men ham naslim davom etishini xohlimanda..."

Bu safar o'g'illik bo'lasiz dib UZIda ham aytagdikuya bo'masa.
1 emas ikki emas endi 4 qizli bo'ldi.

Eng alam qiladigani esa ayoli UZIda aytilganidek egizak tug'di, lekin ikkinchisi nimjon tug'ilgani uchun olamdan ko'z yumdi. U ham esa o'gil edi.

Bu ERKAK kishiga juda alam qildi.
Alamini kimdan olishni bilmasdi.
Ayoliniyam farzandiniyam borib ko'rmadi...
Ayolni o'z onasi bag'riga oldi.
Ona onada... Unga qizmi o'g'ilmi farqi yo'q u ONA.
ONA farzandi va nabiralarini yana uyiga qaytardi...

Bir oz vaqt o'tdi. Erkak sal pasaydi... o'ylab qo'lidan hechnima kelmasligini angladi.

oradan 1,5 yil ham o'tdiki Alloh o'g'il farzand berdi.

Sabr og’riqlarni to’xtatuvchi achchiq malhamga o’xshaydi, ham azob beradi, ham davolaydi

Qayd etilgan


Shoxjahon12  09 Mart 2010, 09:53:08

6 mart. Taksida ketyapman.
Orqa o'rindiqda 4-5 yoshlardagi o'g'ilchasini yetaklagan orastagina ayol. Bir payt telefoni jiringladi.
-Allo.
Telefondan ovoz keldi:
-Salom,jonim. Sizni sog'indim.
-Manam sizni juda...
-8 martda uchrashamizmi?
-Albatta.
-Ishqilib eringizni xabari yo'qmi? Bilib qolsa rasvoi jahon bo'lamiz-a.
-Bilmaydi. Ishxonadagi ayollar bilan bayram qilamiz,deb bahona qilamanu, yoningizga uchaman.
-Sizga ajoyib sovg'am bor.
-Sizni sevaman, ...... aka.
Xayrlashishdi.
Saldan keyin yana telefon jiringladi.
-Allo.
Bu safar telefondan boshqa erkakning ovozi eshitildi.
-Salom, jonim.
-Oooo, ..... aka. Sizni sog'indim.
-Manam sog'indim. Bugun kechki payt ko'rishsak bo'ladimi?
-Albatta.
-Eringiz bilib qolmasin-a?
-Bolamni yetaklab olganman shubxalanmasligi uchun. Xavotirlanmang. Erim uyda qolgan.
-Sizga zo'r narsa beraman ko'rishsak.
-Nima ekan?
-O'zingiz istagan tilla zanjir-da...
-Vuy, sizni sevaman, ....... aka.
-Mayli, jonim, kechgacha xayr.

Ishqilib Olloh hammamizga insof bersin-da...

Qayd etilgan


Shoxjahon12  26 Mart 2010, 10:30:19

-Ishga kirbsanmi, ukam?
-Ha. Shunday.
-Qayerga?
-Falonchi firmaga falon lavozimga.
-"Leviy"si bormi ishqilib? (!!!!)

Qayd etilgan