Joyni o‘zgartirmaydigan sabablar
1. Bir xonaning yoki katta bo‘lsa-da, masjidning ichida sajda oyati o‘qilgach, bir burchakdan boshqa bir burchakka o‘tishi
2. Qur’on tilovat qilayotgan payt kemaning yurishi.
3. Sajda oyati o‘qilgach, bir yoki ikki rakat namoz o‘qirlik vaqtning o‘tishi.
4. Bir qultum suv ichish, bir-ikki luqma taom yeyish yoki bir-ikki qadam yurish.
5. Bir narsaga suyanish, o‘tirish, yoki o‘rnidan turish.
6. Sajda oyati o‘qilgan joyda hayvonga minish yoki tushish.
7. Ustida namoz o‘qilayotgan hayvonning yurishi. Bunday hollarda bir marta sajda qilish kifoya.
8. Sajda oyati o‘qiyotgan kishi o‘rnida qolgani holda, eshitayotgan kishining joyi o‘zgarsa, eshitayotgan kishi takror sajda qilishi lozim.
9. Bir joyda bir sajda oyatini ko‘p eshitgan kishining takror sajda qilishi shart emas. Faqat o‘qigan kishi joy o‘zgartirgani tufayli, takror sajda qilish kerak.