1-ma’ruza
PSIXOLOGIYA FANINING PREDMETI
1. Psixologiya fani haqida tushuncha.
2. Hozirgi zamon psixologiya fanining asosiy prinsiplari, kategoriyalari va ilmiy tadqiqot usullari.
3. Hozirgi zamon psixologiya fanining tuzilishi va boshqa fanlar bilan bog‘liqligi. 1. Psixologiya fani haqida tushuncha
Hozirgi davrda iqtisodiyot hamda madaniyatni tez va uyg‘un rivojlantirish, ijtimoiy munosabatlarni va siyosiy ustqurmani takomillashtirish, jamiyatning asosiy ishlab chiqaruvchi kuchi va oliy boyligi bo‘lmish insonning o‘zini yanada kamol toptirish manfaatlari
yosh avlodlarga ta’lim-tarbiya berishga, shuningdek huquqiy madaniyatga yangicha, yana ham keng ko‘lamda yondashishni talab qiladi.
Shu maqsadda oliy ta’lim muassasalarining o‘quv rejalari va dasturlari qayta ishlab chiqildi. Shu munosabat bilan, umumiy psixo-
logiya, bir tomondan, o‘ziga xos ravishda psixologiya faniga kirish vazifasini bajarsa, ikkinchi tomondan, tinglovchilarni avvalo shaxs
psixologiyasi, uning faoliyati va jamiyatga munosabati haqida, uni tadqiq etish usullari, asosiy psixik jarayonlarning qonuniyatlari haqida
tegishli bilimlardan xabardor etgan holda, ularni o‘z kasbiga nazariy va amaliy jihatdan tayyorlashdan iborat aniq vazifani zimmasiga
oladi. Bu bilimlarni egallamasdan turib, tinglovchilarning o‘qishi va mehnat faoliyatiga, profilaktik ta’lim va tarbiya berish, unga rahbarlik
qilishga layoqatli professional mutaxassisni muvaffaqiyatli tarzda voyaga yetkazib bo‘lmaydi.