Azizlar bu lahadga yuz tuman armon bilan keldim,
Hisobi yo’q gunohi, beadad armon bilan keldim.
Qolib ehli ayolim, qasru ayvon, molu mulkim ham,
Ketib jonim jasaddan, ohu ming afg’on bilan keldim.
Kafandan boshqa hech narsa yo’q emdi bisotimda,
Ko’zimda ketdi nuru, bu tani bejon bilan keldim.
Solib tobutga murdamni, o’qib do’stlar janozamni,
Ko’tardingiz lahad soriga bu imkon bilan keldim.
Eshigi, tuynugi, ayvoni yo’q uyga qo’ydingiz,
Bu uyga na oshu, na to’shak na bir non bilan keldim.
Bu yer, navbat-banavbat odam avlodini yer erdi,
Lahad komiga men ham ushbu dasturxon bilan keldim.
Umidim bu qorong’u qabr ichra nur sochur albat,
Dilmda naqsh bo’lgan oyati Qur’on bilan keldim.
Meni rahmatli deb, kim esga olsa uhga ming rahmat,
O’limga bo’ysunib,Haq aylagan farmon bilan keldim.
Duoda Chustiyni ham fotihangizdan quruq qo’ymang,
Bihamdilloh, musulmon ahliman, iymon bilan keldim.