ZiyoUz Mehmonxonasi arxivi  ( 357421 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 19 20 21 22 23 24 25 26 27 28 29 ... 97 B


Ziyo  27 Iyul 2007, 01:25:11

 Tuesday 01/18/2005 10:55:55am
Ismi sharifingiz:    AbdulAziz
Mamlakat/shahringiz:    Uzbekistan
E-mailingiz:    [email protected]
Web sahifangiz:    
Fikr-mulohazalaringiz:    
Ziyo istagan qalblar uchun...Davronbek:Assalomu alaykum va rahmatullohi va barakotuhu va mag`firotuhu
Aziz birodar, Alloh nasib qilgan bu munavvar kunlarda bor-omonmisiz?
Alloh yolida qilayotgan ishlaringizda Uning o`zi madadkor bo`lsin. O`zi sizdan rozi bo`lsin.
Bu kun men sizlarni bejiz bezovta qilmadim, inshoolloh. Niyatim sizning-da, bizning-da eng ulug` bayramimiz Qurbon hayiti ila sizni muborakbod etish, Sizga Allohning salomini, rahmati, mag`firatini tilashdir.
Zero bu kunda qilingan har ezgu tilak Alloh huzurida qabuldir, inshooloh.
Birodar, bu kun siz Allohning marhamatidan bahramand holda, mamnun bo`lib turibsiz.
Bugun Arafa. Hammaga osh tarqatasiz, sizga ham tarqatishadi. Kimdir oila, kimdir do`stlar davrasida arafani kutib oladi.
Ertalab sahar turasizda namozga shoshilasiz. Namozni o`qib bo`lgach, hamma bir-birini tabriklaydi, birodarlar bilan quchoq ochib ko`rishasiz.
Ta'riflab bo`lmaydigan quvonch ila yana oila davrasiga shoshilasiz. Uyda sizni onangiz, yaqinlaringiz kutib olishadi. Sizni tavof etishadi...
Yana quvonch, yana bayram...
Bukun siz qurbonlik ibodatini bajara olmayotganingizga kuyinmang. Mehribon payg`amarimiz Muhammad sollalohu alayhi vasallam har gal ikkita oq qo`yni qurbonlik qilarkanlar. Sahobalar so`rasharkan: "Yo, Rasululloh, nega har doim ikkita qo`yni quronlik qilasiz. Bittasi yetmaydimi?". Shunda payg`amarimiz: "Men ummatimning qurbonlik qilishga qodir bo`lmaganlari uchun mana shu ikkinchi qo`yni ular ular uchun, armonda qolmasliklari uchun so`yaman". Qarang, qanday olijanoblik, qanday kamtarlik. Biz shunday payg`ambarning ummati ekanligimizga har qancha shukr aytsak arziydi...
Bu kunlar qanday baxtli, shukuhli damlar.
Siz bu kunni intiqlik bilan kutdingiz...
Alloh sizga ushbu kunni nasib etganiga yana shukronalar aytasiz....
Aziz birodar bu kun sizning bayramingiz, bu kun hamma musulmonlarning bayrami!
Hayitingiz muborak bo`lsin!!!
Barcha ezgu orzu niyatlaringizga Allohning o`zi yetkazsin!
Biz-da sizni duo qilamiz.
Siz ham bizni duo qiling
Alloh sizdan rozi bo`lsin!
Birodaringiz
Davronbek /AbdulAziz/
Hijriy 1425 yil, 7 zulhijja
Toshkent

Qayd etilgan


Ziyo  27 Iyul 2007, 01:25:26

 Tuesday 01/18/2005 11:23:39am
Ismi sharifingiz:    Mehmon
Mamlakat/shahringiz:    O'zb/Toshkent
E-mailingiz:    [email protected]
Web sahifangiz:    
Fikr-mulohazalaringiz:    Salom Davronbek.
Saytingiz ajoyib, professional!
Menga eng ma'qul bo'lgani shuki, Siz olgan bilimlaringizni, imkoniyatingizni Hayrli ishlar uchun sarflayapsiz. (Bunga havas qilsa arziydi!)

Men aslida sizdan bir narsa iltimos qilmoqchi edim. Men islam.uz ni doim o'qib, kuzatib boraman. Bu saytning administratori yanglishmasam siz bo'lasiz, to'g'rimi? Men forumda shayh hazratlariga savollar berib ularga javob olayotgan edim. Lekin taxminan 10 kunlardan beri savol bermoqchi bo'lsam Forum registratsiya talab qilayapti.
Ishonsangiz, uch marta uch hil nom bilan registratsiya qildim, lekin har safar manavi message chiqayapti: Uchyotnaya zapiz bila sozdana.Na etom forume trebuetsya aktivizatsiya uchyotnoy zapisi, klyuch dlya activizatsii bil vislan na vvedyonniy vami adress. Proverte svoyu pochtu dlya bolee podrobnoy informatsii."
Muammo shundaki, e-mailimga hech narsa kelayotgani yo'q. (Uch registratsiyada uch hil e-mail ishlatganman). Forumga kirish joyida necha martalab "user name" bilan parolimni yozsam ham hech kirolmayapman. Bilmadim, muammo nimada?
Shunga sizdan maslahat olmoqchi edim.
Iltimos javobini [email protected] ga yuborsangiz

Oldindan katta rahmat.

Ziyo istagan qalblar uchun...Davronbek: Wa alaykum assalom!
www.islam.uz saytining administratori men emasman. Lekin uning administratori bilan yaqinmiz. Menimcha, Abu Muslim (www.islam.uz administratori) forumni faqat a'zo bo`lganlar foydalanadigan qilib qo`ydi, shekilli. Siz ozgina kuting, siz registratsiya qilingani haqida info keladi. Kelgandan keyin esa aktivizatsiya qilinasiz va o`sha tanlagan login va paroliz bilan kiraverasiz.

Qayd etilgan


Ziyo  27 Iyul 2007, 01:26:29

 Tuesday 01/18/2005 11:24:08am
Ismi sharifingiz:    Sherali, Abu Bakr, G`ayrat
Mamlakat/shahringiz:    Uzbekiston
E-mailingiz:    
Web sahifangiz:    
Fikr-mulohazalaringiz:    Salom horijdagi vatandoshlarimiz! Biz sizlarni yaqinlashib kelayotgan Qurbon hayiti bilan tabriklaymiz va sizlarga omad baxt sodat tilab qolamiz. Hamyurtlaringiz Sherali, Abubakir va G'ayratjonlar.

Ziyo istagan qalblar uchun...Davronbek: Va alaykum assalom! Qurbon hayiti o`zingizga ham qutlug` bo`lsin!
Abubakir va g'ayratjonlar.

Qayd etilgan


Ziyo  27 Iyul 2007, 01:27:04

 Wednesday 01/19/2005 5:04:24pm
Ismi sharifingiz:    Xoliqnazarov Xabibullo Abdusamatovich
Mamlakat/shahringiz:    Toshkent
E-mailingiz:    [email protected]
Web sahifangiz:    
Fikr-mulohazalaringiz:    Asalomu alaykum. Meni fikrim shuki: shu saytilarga Tohir Malikning asarlarini kiritib qo'ysangizlar nur ustiga alo nur bo'lar edi. Men sizlardan shuni iltimos qilaman. Hayr

Ziyo istagan qalblar uchun...Davronbek: Saytimizda Tohir Malik akni asarlari kiritilgan. Ma'rifat bo`limiga kirsangiz, u kishining "Jinoyatning uzun yo`li" deb nomlangan yangi asarlarini ko`rasiz. Boshqa asarlarini ham sekin-sekin kiritamiz, inshoolloh.

Qayd etilgan


Ziyo  27 Iyul 2007, 01:27:16

 Wednesday 01/19/2005 8:46:28pm
Ismi sharifingiz:    Otabek
Mamlakat/shahringiz:    Janubiy Korea, Seul
E-mailingiz:    [email protected]
Web sahifangiz:    
Fikr-mulohazalaringiz:    Assalomu alaykum, aziz yurtdoshlar!
Barchangizni Hayitingiz bilan chin dildan muborakbod etaman. Qalbingizni pokiza tuyg'ular va munavvarlik hech qachon tark etmasin. Hayit poklanish, mehr ko'rsatish, yaxshi maqsadlarni ko'ngilga tugish bayrami, desak xato bo'lmasa kerak. Har kuningiz hayit bo'lsin, har kuningiz ulug' niyatlar ro'yobiga aylansin. Qalbinigiz g'am, ko'zingiz nam, xonadoningiz motam ko'rmasin. Xorijda yurgan barcha yurtdoshlarimizga ham yuqoridagi niyatlarni tilayman. Yurtimiz tinch, mehmondo'st xalqimiz omon bo'lsin.

Qayd etilgan


Ziyo  27 Iyul 2007, 01:27:26

 Thursday 01/20/2005 11:38:55am
Ismi sharifingiz:    Sayyoh
Mamlakat/shahringiz:    Uzbekistan
E-mailingiz:    [email protected]
Web sahifangiz:    
Fikr-mulohazalaringiz:    Assalomu alaykum
Kelayotgan Qurbon bayramingiz muborak bolsin
Yurtimiz Tinch Barcha insonlar har tomonlama sog omon bolishsin.
Alloh hammamizni bayram kuni afvu marhamatidan darig' tutmasin
Ahli dunyo bayramlarida erishgan shavq istaklari ni tersi o'laroq Musulmonlarni ham ikki muborak bayramimizni zavqli sharafli va afvga yonalgan ne'matlarda yashatsin.

Qayd etilgan


Ziyo  27 Iyul 2007, 01:27:45

 Thursday 01/20/2005 11:46:01am
Ismi sharifingiz:    Dilnoza Bayzakova
Mamlakat/shahringiz:    Toshkent
E-mailingiz:    [email protected]
Web sahifangiz:    
Fikr-mulohazalaringiz:    Assalomu alaykum!
Sizni ham Iydi Qurbon hayiti bilan chin dildan tabriklayman!
Sizga va siz tanigan barcha insonlarga avvalo tinchlik-totuvlik,
sixat-salomatlik va albatta oilaviy baht tilayman.
Doimo ota onangiz bahtiga sog' omon bo'lin.

Qayd etilgan


Ziyo  27 Iyul 2007, 01:28:10

 Thursday 01/20/2005 11:52:29am
Ismi sharifingiz:    Tolib Rahmatov
Mamlakat/shahringiz:    Ozbekiston
E-mailingiz:    [email protected]
Web sahifangiz:    
Fikr-mulohazalaringiz:    Muborak Iyd al Adha barchamizga qutlug' bo'lsin!
Assalomu alaykum va rahmatullohu va barakotuh aziz birodar! Avvalo, oltindan ham qimmat vaqtingizni ayamay, biz muxlislaringizga tabrik maktubi jo'natganingiz hamda ezgu tilaklaringizni biz bilan baham ko'rganingizdan bag'oyat xursand bo'ldim. Ilohim, niyatlaringizga farishtalar "amiyn" degan, Alloh jalla jaloluhi ularni dargohiga qabul etgan bo'lsin. Zero, muslim birodarning o'z muslim birodariga qilgan duosini Alloh qabul etadi, degan hadis bor. Ushbu muborak bayram munosabati bilan, mening ham tilaklarim olam-olam bo'lsa-da, birini siz bilan baham ko'rmoqchiman. Qodir Alloh subhanahu ta'alo, ko'pchilik musulmon bandalari qatori sizu-bizga ham kelasi Qurbon hayiti bayramlarini Makkai Mukarramada o'tkazmoqlik, u yerda foniy dunyo tashvishlarini bir muddat bo'lsa-da batamom yoddan chiqarib, faqatgina Uning o'ziga ibodat qilmoqlikni nasib etsin. Amiyn!
Tolib Rakhmatov

Qayd etilgan


Ziyo  27 Iyul 2007, 01:28:18

 Thursday 01/20/2005 11:56:01am
Ismi sharifingiz:    Abdulla
Mamlakat/shahringiz:    Ozbekiston
E-mailingiz:    [email protected]
Web sahifangiz:    
Fikr-mulohazalaringiz:    Assalomu alaykum do`stim.
Tabrik va yahshi niyatlaringiz ila bitilgan maktubingizni oldim. Qalbim
nurga to`ldi. Tashakkur.
Sizni ham ushbu muborak kun bilan tabriklayman. Sog`-omon bo`ling!
Abdulla.

Qayd etilgan


Ziyo  27 Iyul 2007, 01:28:34

 Thursday 01/20/2005 11:59:10am
Ismi sharifingiz:    Ravshan Tursunov
Mamlakat/shahringiz:    Uzbekiston
E-mailingiz:    [email protected]
Web sahifangiz:    
Fikr-mulohazalaringiz:    Assalomu alaykum birodar. Tabrik uchun raxmat. Ollox rozi bulsin. Uzingizga xam iyd-kurbon muborak bulsin! Kilayotgan ezgu ishlaringizga Ollox sizga madad bulsin. Siz bilan yaxshi kunlarda kurishish nasib etsin. Yaratgan Parvardigor barchamizni raxmati bilan urasin. Salomat buling.

Qayd etilgan