Bosh sahifa
Yordam
Qidiruv
Kirish
Registratsiya
B
Y
Q
K
R
forum.ziyouz.com
Ilm va ziyo
Ma'rifat
Donolar bisotidan
Donolar bisotidan ( 379319 marta o'qilgan)
Chop etish
1
...
59
60
61
62
63
64
65
66
67
68
69
...
75
B
shoir
04 Noyabr 2009, 15:21:02
Har kimning qalbida o‘z xalqining jajji qiyofasi yashaydi.
Gustav Freytag
O‘qishni bilsangiz, har bir inson bir kitobdir.
Ali ibn Abu Tolib
Qayd etilgan
shoir
04 Noyabr 2009, 15:21:18
Mardlarning mardi shu bo‘lar doimo,
Olamni olsa ham kerilmas aslo.
Yusuf Xos Hojib
Qaysi bir hunar, qaysi bir kasb bilan shug‘ullanmoqchi bo‘lsangiz ham undan kutilgan maqsad xalq uchun foyda yetkazish bo‘lsin.
Ahmad Donish
Qayd etilgan
shoir
04 Noyabr 2009, 15:21:30
Do‘st tutmoq oson, rioya qilmog‘i qiyin,
Dushman bo‘lmoq oson, yarashmog‘i qiyin.
Yusuf Xos Hojib
Kitob (bitik) — barcha bunyodkorlik, yaratuvchilik va aql-idrokning, ilmu donishning asosidir, hayotni o‘rgatuvchi murabbiydir.
Amir Temur
Qayd etilgan
shoir
04 Noyabr 2009, 15:21:46
Har vaqtki, ko‘rgasen mening so‘zumni,
So‘zimni o‘qub anglagaysen o‘zumni.
Bobur
Ilm ortuqkim, ikki jahon shohlig‘i.
Alisher Navoiy
Qayd etilgan
shoir
04 Noyabr 2009, 15:21:51
To‘g‘ri yo‘lning ochqusi bilimdir.
Moturidiy
Elga sharaf bo‘lmadi johu nasab,
Lek sharaf keldi hayovu adab.
Alisher Navoiy
Qayd etilgan
shoir
04 Noyabr 2009, 15:22:04
Yaxshi odamlar ishidan ibrat ol,
Ibratomuz xizmat aylab, izzat ol.
Anbar Otin
Nafing agar xalqqa beshak durur,
Bilki bu naf o‘zingg‘a ko‘proq durur.
Alisher Navoiy
Qayd etilgan
shoir
04 Noyabr 2009, 15:22:28
Ezgulik qarimas, sinmas qanoti,
Umri uzun bo‘lar, buzilmas oti.
Yusuf Xos Hojib
Mardlik kuchda va shamshir o‘ynatish san’atida emas, mardlik o‘zni tuta bilishda va adolatli bo‘lishdadir.
Sa’diy Sheroziy
Qayd etilgan
Abdulhafiz
05 Noyabr 2009, 07:16:41
Yomonlar ichida yaxshisi bo'lgandan,
Yaxshilar ichida yomoni bo'l.
Qayd etilgan
shoir
05 Noyabr 2009, 12:42:28
O‘zni emas, doim el nafini bil,
Elingga yuk ortma, o‘zing yukchi bo‘l.
Yusuf Xos HOJIB
Uquv qut beradi, bilim — sharaf-shon,
Shu ikkov tufayli ulug‘dir inson.
Yusuf Xos HOJIB
Qayd etilgan
shoir
05 Noyabr 2009, 12:42:35
Bu so‘zni ahli hikmat debdurur xo‘b:
«Yamondin oz behkim, yaxshidin ko‘p».
Alisher NAVOIY
Aydi: «Xalq ichra bu bir kasbdur,
Kasbni boshinga kiysang nasbdur»
GULXANIY
Qayd etilgan
Chop etish
1
...
59
60
61
62
63
64
65
66
67
68
69
...
75
T
SMF 2.0.7
|
SMF © 2011
.
Ziyo istagan qalblar uchun © 2004-2013
ModernStyle theme by Bloc