1. Turkiya aholisning necha foizini "toza" turklar tashkil qilishadi?
Kurdlarning ulushi qancha?
2. Kuzatsam, chet eldagi turklar bir-biri bilan tanishayotib, "hangi memleketdensiniz?" (ya'ni bizdagi qaysi viloyatdansan?) deb so'rashadi. Turklarda bizdagi kabi mahalliychilik kuchlimi?
3. Turkiya krizisdan chiqib keta oldimi?
1. Turkiyada ancha-muncha irq yashaydi. Buni aniq qilib hisoblasha olmaydi, chunki qonlar aralashib ketgan. Kurtlar soni anchagina, chunki har bir oilada o'rtacha 7-8 farzand bor:)
2. Bizga o'hshab, Turklar ham darrov qayerdansan, deb so'raydi, bizdan ham kuchli desam bo'ladi, lekin joyiga qarab bu gaplar ham, bazan Hammamiz Turkmiz, Musulmonmiz, deganlar ham bor. Bizni yonimizda un mahsulotlari pishiradigan joy, restoran bor. Egasi- Qoradengizning Samsun shaharidan. U kishi faqat Qoradengizlilarni ishga olarkan:) Sababi "avvalo o'zimizni odamlar ishli bo'lsin". Non olgani kirganimda e'tibor beraman-da hammasi sariq odamlar, qizlar. (Qoradengizlilar asosan Ruslarga o'hshab ketishadi) ,
3. Davlatga qolsa krizdan qutildi, lekin Xalq unday demaydi, o'zim ham qancha tanishimni ishdan chiqqanini eshitdim, eng ko'p tekstil zarar ko'rdi...