Savol barcha Forumdoshlarga.
Kecha bir dugonam Bu jiddiy oilaviy gap bo'lishiga qaramay, uyida bo'lgan voqeani aytib berdi.
Kechadan oldin kuni adasi bir ish bilan boshqa shaharga ketibdi. Oyisi, ukasi va dugonam qolgan uyda. Uxlash payti bo'lganda oyisi silar uxlayveringlar meni oshxonada ishim bor deb chiqib ketibdi. Xaligi dugonam uxlamasdan kitob o'qib 2 soatlar vaqtini o'tkazibdi. qarasa oyisidan xaligacha darak yoq.Habar oliychi deb oshhonaga borsa ichidan qulf ekan. Oyi shettamisiz desa xa ssan uxlayver xozir boraman degan. Qiz bir nimadan shubhalanib nari ketganday bo'lganda keyin kelib, yolg'ondan "Adam keldilar oyi o'rtoqlari bilan tez chiqarkansiz degan. Oyisi tez ichkaridan shoshib chiqibdilarda. Shunda poylab turgan qiz oshxonani eshigini ochsa bir notanish Erkak yotgan ekan. Qiz nima qilarini bilmay yig'lab yuborgan. Endi manga oyimga qarashga xam jirkanyapman, nima qilay deydi. Adamlarga aytsammikan dedimu oilamiz buzilib ketiishidan qorqdim deydi. Bundan tashqari dugonam bir oilaning kelini ,Qaynonamlar bu haqda eshitishsa kim degan odam bo'laman deb boshi qotgan.
Qiz qanday yo'l tutgani ma'qul deb o'ylaysizlar?
"œ"¦Guvohlikni berkitmang! Kim uni berkitsa, uning qalbi gunohkordir. Va Alloh qilayotgan amallaringizni biluvchi zotdir." (Baqara surasi 283-oyat)
"œZinokor ayol va zinokor erkak, ikkovlaridan har birini yuz darradan uring. Agar sizlar Allohga va oxirat kuniga iymon keltirguvchi bo'lsangizlar, Allohning (bu) hukmida (ya`ni, zinokorlarni darralashda) sizlarni ularga nisbatan rahm-shafqat (tuyg’ulari) tutmasin!" Agar sizlarning Allohga va oxirat kuniga bo’lgan iymoningiz haqiqiy bo’lsa, u holda sekinroq yoki kamroq urish bilan Allohning zinokorlarga belgilagan jazosini bekor qilmanglar. Ularga rahmingiz kelmasin. Chunki zinokor rahm-shafqat ko’rsatishga arzimaydigan yaramas, tuban jinoyatchidir. "œUlarning azoblanishiga bir toifa mo'minlar guvoh bo'lsinlar!" (Nur surasi, 2-oyat mazmuni)
Shunda jinoyatchilar ham jisman, ham ruhan qiynaladilar. Boshqalar ham odamlar orasida sharmanda bo’lishdan qo’rqib, bu qabih ishdan o`zlarini tiyadilar. Chunki ayrimlarga jazolanishdan ko’ra, sharmanda bo’lish kuchliroq ta’sir qilishi mumkin.
Ulamolar aytadilar:
"œMazkur jazo buydoq — oila qurmagan zinokorlarga taaluqlidir. Agar zinokorlar oilali yoki ilgari oila qurgan bo’lishsa , ular toshbo’ron qilib o’ldiriladilar. Payg’ambar sollallohu alayhi vasallam sunnatlarida bu hukm o’z ifodasini topgan. Mabodo zinokorlar bu dunyoda jazosini olmasalar va tavba qilmay o’lsalar, u dunyoda do’zaxda olov-qamchilar bilan azoblanadilar".Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar:
"œZinokor zino qilayotgam vaqtida mo’min bo’lmagan holida zino qiladi. O’g’ri o’g’rilik qilayotgan vaqtida mo’min bo’lmagan holida o’g’rilik qiladi. (Ichuvchi) hamr ichayotgan vaqtida mo’min bo’lmagan holida ichadi" (Muttafaqun alayh).
Rivoyatlarda kelganki, kim oilali ayol bilan zino qilsa, ularning har ikkisiga qabrda butun islom ummatiga beriladigan azobning yarmi beriladi. Qiyomatda esa Alloh taolo ayolning eri foydasiga hukm qiladi.
Mazkur holat er bu ishdan bexabar bo’lgan taqdirda ro’y beradi. Agar erning xabari bo’lsa-yu, sukut saqlasa, e’tibor bermasa, Alloh unga jannatni harom qiladi. Chunki Alloh taolo jannat darvozalariga: "œSen dayuslarga haromsan", deb yozib qo’ygan.
Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
Alloh subhanahu va taolo Baqara surasining 284-oyatini nozil qilganida Sahobalarga bu oyat o’g’irlik qildi. Ular Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning oldilariga borib, cho‘kkalab o‘tirishdi va: «Ey Allohninig rasuli! Biz toqatimiz yetadigan namoz, ro‘za, jihod va sadaqa kabi amallarga buyurilgan edik. Endi bo‘lsa, bu tushgan oyatga toqatimiz yetmaydi», deyishdi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Sizlar ham oldingi ikki ahli kitob, ya’ni yahudiy va nasroniylar kabi: «Eshitdik va osiylik qildik», deyishni xohlaysizlarmi? Balki uning o‘rniga: «Eshitdik va itoat etdik. Parvardigoro, gunohlarimizni mag‘firat qilishingni so‘raymiz va faqat Uzingga qaytajakmiz», deb aytinglar», dedilar. Ular tillaridan toyilguncha: «Eshitdik va itoat etdik. Parvardigoro, gunohlarimizni mag‘firat qilishingni so‘raymiz va faqat O’zingga qaytajakmiz», deb takrorladilar. Shundan keyin Alloh arshning ostidagi hazinadan berilgan Baqara surasining so’nggi ikki oyatini nozil qildi. "œAlloh hech bir jonni toqatidan tashqari narsaga taklif qilmas. Foydasi ham kasbidan, zarari ham kasbidan. Ey Robbimiz, agar unutsak yoki hato qilsak, (iqobga) tutmagin. Ey Robbimiz, bizdan oldingilarga yuklaganga o’xshash og’irlikni bizga yuklamagin. Ey robbimiz, bizga toqatimiz yetmaydigan narsani yuklamagin. Bizni afv et, mag’firat qil va rahm et"¦" (Baqara surasi 286-oyat)
"Inna lillahi va inna ilayhi rojiun". Biz Allohning amriga, oyat va hukmlariga sahoba raziyallohu anhumlar singari «Eshitdik va itoat etdik. Parvardigoro, gunohlarimizni mag‘firat qilishingni so‘raymiz va faqat O’zingga qaytajakmiz» deb itoat etmog’imiz lozim va lobuddir. Rasuli akram sallallohu alayhi vasallamdan hayotlik chog’larida bir ayolni o’g’rilik qilgani uchun keltirilib unga yengillik so’raladi. (ma’lumki, islomda Allohning amri ila o’g’rilik qilgan insonning qo’li chopiladi) Shunda Payg’ambarimiz sallallohu alayhi vasallam qasamki, agar qizim Fotima shu ishni qilganida ham uning qo’li chopilishiga buyurar edim degan edilar. Birodarlar agar biz bu holatlarda rahmdillik, tarafkashlik qilsak, Allohga osiy bo’lgan holda qalbimiz gunohkor bo’ladi. Alhamdulillah Alloh subhanahu va taolo bizlarni, jumlamizni olim va fuzalolar bilan ne'matlantirdi. Voqelik o’ta jiddiy ekan va biz bu holatda iymonimiz sustlik qilayotgan ekan uni ulamolarimizning birlari ila jonli suhbatda hal etmoq kerak. Bildirgan fikrimda hato ova kamchiliklari bo’lsa Alloh kechirsin.