Imom G’azzoliy
IHYOU ULUMID-DIN
O’LIMNI ESLASH KITOBI
MUNDARIJA
Muqaddima (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1095.msg32346#msg32346)
Birinchi bob. O’limni eslash va unga targ‘ib xususida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1095.msg32348#msg32348)
O’limni eslashning fazilati (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1095.msg32354#msg32354)
O’lim qanday eslanadi? (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1095.msg32354#msg32354)
Ikkinchi bob. Dunyo havasidan tiyilish fazilati, unga berilishning sabablari va bu dard muolajasi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1095.msg32539#msg32539)
Sahobalar va olimlarning so‘zlari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1095.msg32543#msg32543)
Dunyo havasiga berilishning sabablari va bu dardning muolajasi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1095.msg34256#msg34256)
O’tkinchi dunyoga munosabatda insonlarning farqlanishi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1095.msg34259#msg34259)
Solih amalga shoshilish va uni kechiktirish ofatidan saqlanmoq bayoni (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1095.msg34261#msg34261)
Uchinchi bob. O’lim talvasasi va shu holatda qilinishi mahbub sanalgan ishlar xususida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1095.msg34266#msg34266)
O’lim onlarida mahbub ko‘rilgan amallar bayoni (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1095.msg34274#msg34274)
O’lim farishtasi bilan uchrashuv onlaridagi hasrat (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1095.msg34276#msg34276)
To‘rtinchi bob. Rasululloh sallallohu alayhi vasallam va xulofoi roshidinlarning vafotlari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1095.msg35262#msg35262)
Rasululloh sallallohu alayhi vasallamning vafotlari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1095.msg35262#msg35262)
Abu Bakr Siddiq roziyallohu taolo anhuning vafotlari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1095.msg35291#msg35291)
Umar ibn Xattob roziyallohu taolo anhuning vafotlari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1095.msg134224#msg134224)
Usmon ibn Affon roziyallohu anhuning vafotlari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1095.msg134230#msg134230)
Ali karramallohu vajhahuning vafotlari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1095.msg134233#msg134233)
Beshinchi bob. Xalifalar, amirlar va solih insonlarning o‘lim onlarida aytgan so‘zlari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1095.msg134235#msg134235)
Oltinchi bob. Janoza va qabriston xususida oriflarning so‘zlari, qabr ziyoratining hukmi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1095.msg134240#msg134240)
Farzand o‘limi xususida salaflarning so‘zlari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1095.msg134246#msg134246)
Yettinchi bob. O’limning mohiyati haqida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1095.msg134250#msg134250)
MUQADDIMA
Ne-ne bahodirlarni yer tishlatgan, qanchadan-qancha kisrolarni yakson etgan, o‘limni mutloq unutgan qaysarlarning orzu-umidlarini yo‘kqa chiqargan zot — Ollohga hamd bo‘lsin. Darhaqiqat, «dunyoga ustunman» degan sonsiz bahodirlarga, kisroyu qaysarlarga va’da haq bo‘ldi. Ollohularni tubsiz chohga qulatdi. Bas, ular qasrlardan qabrlarga, nur balqqan beshiklardan qop-qorong‘u go‘rlarga ko‘chdilar, ayollar va bolalarni erkalash lazzatidan mahrum bo‘lib, hasharot va ochofat kurtlarga yem bo‘ldi-lar. Taom va sharob ne’matidan kesilib, qaro tuproqqa qorildilar. Ulfatlarning huzurbaxsh bazmidan uzilib, dahshatli yolg‘izlik, so‘ngsiz bezovtalik ichra qoldilar.
Aytingchi, dunyoda o‘limdan saqlaydigan biror qal’a yoki kuch bormi?! Bor bo‘lsa, u bilan himoyalaning, qani, o‘zingizni o‘limdan to‘sib ko‘ring-chi!
«Biz ulardan ilgari ham ancha avlodni halok qilganmiz. Siz ulardan birortasini ko‘rurmisiz yoki ovozlarini eshiturmisiz?!» (Maryam surasi, 98-oyat)2.
Buyuklik va qudratda yagona bo‘lgan Olloh shirk va nuqson kirlaridan pokdir. U zot baqoning egasi, Undan o‘zgasi fanodir. Boqiy zot foniylarga baxt ato etdi. O’limni muttaqiylar uchun najot va uchrashuv va’dalashilgan manzil qildi. Qabr esa badbaxtlar uchun zindon, to yaxshilik yomonlikdan ajraladigan jazo kunigacha tor xibsxona bo‘ldi.
Barcha ne’matlarni ato qilguvchi - Olloh, so‘ngsiz qahr bilan intiqom oluvchi ham Olloh. Osmonlaru yerda U zotga shukrlar ko‘p. Avvalu oxir U zot uchun hamdlarga to‘la!
Ochiq mo‘jizalari bilan bani Odam ichra mumtoz janobi pang‘ambarimiz Muxammad alayhissalomga, uning ahli baytlari hamda ashobiga salovotu salomlar bo‘lsin!
O’lim - qismati, kabr - qarorgohi, tuprok - to‘shagi, Munkar va Nakir - suxbatdoshi, qurt-qumursqalar - ulfati, yer osti - xosxonasi, mahshargoh - va’dalashgan joyi, jannat yo do‘zax - so‘nggi manzili bo‘lgan har bir kishining fikru zikri - o‘lim, tadbiru tadorigi xam o‘lim uchun bo‘lishi tabiiy. Uning butun diqqat e’tibori o‘limga qaratilgan, qo‘rqinch va quvonchi ham o‘limdan, u o‘limga muntazir. U nafsini o‘liklar qatorida sanab, o‘zini qabrda ko‘radi. Chunki keluvchi narsa doimo yaqin, kelmaydigani esa uzokdir. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam, dedilar: