Islomiy she'riyat  ( 449313 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 11 12 13 14 15 16 17 18 19 20 21 ... 89 B


Munira xonim  09 Dekabr 2006, 08:09:55

Ona ketmaydi.
(Onalarini "berib qo'ygan" do'stlarimizga)


Ey, do'st,deding:"Umrim oboddir ammo,
Uyimning to'rida onam yetishmas".
Yo'q-yo'q, bunday dema, onalar hatto
O'tsalar ham bizni tashlab ketishmas.

Shaftoli gullaydi - nimrang va behol,
Kulib qaraganda onang beozor,
Tilovat qilarkan musicha bedor,
Volidang ovozin eshitmog'ing bor.

Boshingni quyoshni nuri silasa,
Bilgilki,nurlarga qo'shilib keldi,
Yangi kun senga baht, omad tilasa,
- Amiyn,Parvardigor! - deb duo qildi.

Oqshom qizing qo'ysa boshingga yostiq,
Choyu non keltirib bo'lsa parvonang,
- Qizim, otang har davlatdan ortiq,
-deb o'rgatib turgan mehribon onang!

Chumchuqday chirqillab aylanar ruhi,
Kelsa hayotingga qaysi mashaqqat,
Topmas shabistonning to yorug' ufqin
Tilar sabru bardosh, bergay maslahat.

Obod aylagaysan ko'ngillar bog'in,
Yashagaysan Robbing hukmini tutib,
Jannat bog'larida ochib quchog'in
Onang Inshaalloh olgaydir kutib.

Ona hargiz kechmas,
Ona ketmaydi...

Lutfullo Mahmud.

Qayd etilgan


abdulhamid  28 Yanvar 2007, 18:42:48

Bidat halkimizni botirdi loyga
Bidat kilmaganlar,uchmokda oyga
Kizlar ham organdi zinoga,mayga
Aytin men boshimni urayin kayga.

Qayd etilgan


Mahdiyah  07 Fevral 2007, 10:32:37

HAYRAT

Mukammal etmish bino bu olamni Me’mori,
Zuhaldan zarragacha bor tartibi, me’yori.

Behadu benihoya fazolar silsilasi,
Koinotlar tufadir, yo’q o’xshashi, takrori.

Nazar slogan osmonga qudratin ko’rar beshak,
Chamanzor bo’lib tunlar, kavokibdan gulzori.

Bejiz emas hech nuqta, border unda bir yumush,
Topilmas hech mavjudot bo’lmagan biror kori.

Nihon etmish zarraga ming-ming fillar quvvatin,
Behiobdir, behisob uning siri, asrori.

Yulduzi sayyoralar hamdu sanolar qilar,
Xonishlar ila bulbul keltirib gulbahori.

G’ofil bo’lma sen, Urfon, zikridan qolma also,
Tasadduq Unga jonim, jonim Uning nisori.

Urfon Otajon

Qayd etilgan


Mahdiyah  07 Fevral 2007, 10:34:55

MISRALAR

Qur’onu hadisga nazar qil,
Bid’at-xurofotdan hazar qil.

Ahli mo’min bo’lsa bir karvon,
E’tiqod, taqvodor karvonga sarbon.

Qutbiddin Muhammadiy, Andijon

Qayd etilgan


Mahdiyah  07 Fevral 2007, 10:37:28

JAZO TILDAN

Buyuk hikmat ato qilgan, kishi bilsa, Xudo tildan,
Bani Odamga xos etmish, ki hayvonlar judo tildan.
Bu olam shohi bo’lsang ham, zahar so’zdan tushar qadring,
Shirin so’zlab topar izzat, agar bo’lsa gado, tildan.
Tabiblar dorisi balki shifo bo’lgaydir jismingga,
Vale ko’ngil yarosiga faqat bo’lgay davo tildan.
Berar har kim qiyomatda Yaratganga hisob bir-bir,
Xudoyim oldida ul kun bo’lar yuzlar qaro tildan.
Kamoning o’qidan o’tkir, qilichning tig’idan keskir,
Shu bois ehtiyot aylang, ulug’ qudrat ato tildan.
So’zingni o’ylabon so’yla, agar Furqat, ki so’ylarsan,
Joying do’zaxmi, jannatdir, berur Tangri jazo tildan.

Furqat Niyoz o’g’li, Buxoro

Qayd etilgan


Mahdiyah  07 Fevral 2007, 10:39:08

Osmon yuksak yaralgan, ammo
Sajdaga egilgan, ruku’ga ketgan.
Tog’lar baland tiklangan, biroq
G’ururga ketmagan, fikrga ketgan.

Yaralgandan buyon shoshgani bilan
Soy vasliga yetib borolmagaydir.
Zimiston kechani yoritgan oy ham
G’ofil dilga shul’a berolmagaydir.

Taqdir hukmi bo’lmasa, shamol
Xazon bo’lgan bargni uzolmagaydir.
Haqni zikr etmasa, baliq
Dengizning tubinda so’zolmagaydir.

Base, ojiz banda, jurmu isyon na,
Najot faqat itoatdadir.
Shabnam tomchisida tahorat qilgan
Hatto maysalar ham ibodatdadir"¦

Gulzebo Ibrohimova

Qayd etilgan


Mahdiyah  07 Fevral 2007, 10:40:43

SHU SHE'R MANGA JUDAYAM MANZUR BO'LDI SIZ HAM BIR O'QIB KO'RINGl:

O’ZIMNI SOG’INDIM

Xayollar parishon, o’y daydi,
Nigohim ko’klarni alqaydi,
Tanda jon sog’inchdan sarg’aydi,
Ko’zimni sog’indim, ko’zimni.

So’zlardan so’ndi-ku ishtiyoq,
Ro’yodan charchadim, dil siyoh,
Berganim va’damni al-miysoq-
So’zimni sog’indim, so’zimni.

Go’daklik chog’imda ufurgan,
Onamga ifordek tuyulgan,
Balog’at ofida yuvilgan-
Isimni so’gindim, isimni.

Nafs otda, ruhim-chi, piyoda,
Savobdan gunohim ziyoda,
Unitib qo’yganim dunyoda-
O’zimni so’gindim, o’zimni"¦

Nurmuhammad Shoyoqub
Musulmonlar taqvim kitobi 2002 (1422) I chorak

Qayd etilgan


Munira xonim  14 Fevral 2007, 08:56:49

yetim otalar ham bor...

Keksayganda hor bo'lgan,
Tutgan uyi dor bo'lgan,
Chin mehrga zor bo'lgan,
Yetim otalar ham bor.

Ayoli ko'p dimog'dor,
Qovog'idan yog'ar qor,
O'g'il qizda yurak tor,
Yetim otalar ham bor.

Ro'zg'orda yolg'iz qolgan,
Yo'l qarab ko'zi tolgan,
Armonli so'zi qolgan,
Yetim otalar ham bor.

Uyquda orom topgan,
Uyg'onib o'yga tolgan,
g'urbatda g'arib yotgan,
Yetim otalar ham bor.

Taqdirdan bevaqt kuygan,
Panohi Iloh bo'lgan,
Qarg'ishni gunoh bilgan,
Yetim otalar ham bor...

Abdug'ani hoji Sulaymon.

Qayd etilgan


Munira xonim  14 Fevral 2007, 09:01:00

Ketmoqdaman.

Yahshi yomon bari taqdir,
Jannat-do'zah baro haqdir.
Kutmoqdadir bizni qabr,
Mahshar tomon ketmoqdaman.

O'tdi qancha bobolarim,
Ketdi ancha momolarim,
Ketur otam onalarim,
Mahshar tomon ketmoqdaman.

Va lek bordir bil, haqiqat
Hisob kitob bo'lur albat,
Allohdan deb, umid rahmat,
Mahshar tomon ketmoqdaman.

Asl madad Allohdandir,
Shafoatdir ul Rasuldan,
Adashtirma ushbu yo'ldan
Mahshar tomon ketmoqdaman.

Qayd etilgan


Mahdiyah  17 Fevral 2007, 10:54:26

TAVBA

Nigohim oyga botdi,
Yuragim soyga botdi,
Mehrim gunohga botdi,
La ilaha illalloh,
Tavba, astag’firulloh.

O’g’il uchdi uyadan,
Qiz ham ketdi qiyadan,
Qoshingga ro’ysiyoman,
La ilaha illalloh,
Tavba, astag’firulloh.

Sezdirmay o’tdi umr,
Qani, qayda qush-qumur,
Xiralashdi ko’zda nur,
La ilaha illalloh,
Tavba, astag’firulloh.

Baland desam, past keldi,
Faqat olar dast keldi,
Oyat, hadis rost keldi,
La ilaha illalloh,
Tavba, astag’firulloh.

Namoz, ro’zam kam bugun,
Bosh egik, ko’z nam bugun,
Rahmating malham bugun,
La ilaha illalloh,
Tavba, astag’firulloh.
Ra’no Rahmonberdi qizi

Qayd etilgan