Kutubxona > Boshqa kitoblar

Hayot hikmati (hikmatlar). Viktor Alimasov

(1/4) > >>

shoir:
HAYOT HIKMATI
Viktor ALIMASOV,
falsafa fanlari doktori
Muhtaram ustozim Aziz Po‘latovich Qayumov tavalludining 80 yilligiga bag‘ishlayman.

* * * * * * * * * * * * *

shoir:
Mansab va masnadning emas, balki insoniylik keltirgan dovruqning umri uzun.

***

Ezgulik ezgulik qadrini ulug‘laydigan qalbnigina xushnud etadi.

***

«Sen» degan til qahru g‘azabni sochishga shay, «siz» esa qahru g‘azabni axloq, odob doirasida ushlab turadi.

shoir:
«Har safar yovuzlikka duch kelganimda Isoni xochga ilgan mixlar mening ham qo‘l-oyoqlarimga qoqilgandek tuyuladi» (Ye.Yevtushenko). Har safar aqli noqis menga ta’na toshini otganida Kopernikni kuydirgan olov meni ham o‘z domiga tortayotgandek bo‘ladi.

***

«Kim axloqli bo‘lsa, u so‘zsiz, yaxshi gapiradi» (Konfutsiy), ammo yaxshi gapiradigan mudom axloqli bo‘lavermaydi.

***

Me’yoridan oshgan ezgulik ­tilyog‘lamalikdir.

shoir:
Qo‘shnisiga mehr, izzat ko‘rsatmaganning eliga mehr, izzat ko‘rsatishi dargumon.

***

Pokdamon, or-nomusli qalb no­o‘rin taqdirlashdan ham ozor chekadi.

***

Vaqti kelib kishi bezmaydigan narsa yo‘q, valek u insoniylikdan hech bezmaydi.

shoir:
Atrofingdagilarning ehtiyojini hisobga olmasdan yashay olmaysan, ammo yashash hikmati o‘z hayotiy maqsadingni ­boshqalar maqsadiga qurbon etmaslikdadir.

***

Mangulik mudom shu ondadir.

***

Sukut ham yarata oladi.
   

Navigation

[0] Message Index

[#] Next page

Go to full version