To'g'ri gapingiz birodar. Hammasi to'g'ri.
Lekin buzg'unchilikka qarshi kurashish, jamiyat tinchligini asrashga qaratilmaganmi film qahramonlari hayoti? Jinoiy guruhlarga qarshi kurashish, harom yo'llar bilan giyohvand moddalar sotuvchi guruhlarning ildiziga bolta urishga qaratilganku film mohiyati? Sevgi muhabbat haqidagi serialmasku bu manimcha? To'gri inson joniga tajovuz,urush kabi sahnalar mavjud ushbu filmga. Bu to'g'ri.
Lekin shaxsan man bu filmni oddiy qabul qilaman. Filmni ko'rmasa biror nima bo'lib qolish ANA O'SHA odamni o'ziga bog'liq. Mukkasidan ketish yo ketmaslikka bog'liq. Men uchun bu film to'htab qolsa ham farqi yo'q, davom etaversa ham bemalol.
O'zimam bu filmni 45-seriyasidan ko'ra boshladim(PUSUsini). Oldin hamma gapirsa ham e'tibor bermasdim.Ko'zim tushib qolib qiziqib qoldim.
Biz hammamiz kitob o'qiymiz.Tabiiyki ko'pchilik badiiy asar o'qigan hayoti davomida. Asarlar ham xar hil bo'ladi. Qaysinisidadur ezgulik, boshqasida yovuzlik bilan kurashish aks etgan. Masalan men "Shaytanat" romanini o'qiganimda o'zimni Asadbekday tutishga harakat qilardim."O'tkan Kunlar"ni o'qiganimda Otabek bo'lardim. Siz bevosita o'sha asarni ichiga kirib qolgandek bo'lasiz. Tasavvur qilasiz. Film ham xuddi shunday narsada. Faqat undan yahshi tomonlarini olish kerak. Yomon tomoninimas.
Lekin aziz birodar sizning fikringiz ham juda to'gri. Men shaxsan qo'shilaman!
Hafagarchilik yo'q!