27-DARS. IDG‘OM SHAMSIYA
Savol: Idg‘om shamsiya nima?
Javob: Alif lom ل ا dan keyin 14 ta shamsiya harflarining biri kelganda lomni keyingi harfning ichiga kirgizib o’qish.
Savol: 14 shamsiya harflari qaysilar?
Javob: ت ث د ذ ر ز س ش ص ض ط ظ ل ن (to, so, dol, zol, ro, zo, sin, shin, sod, zod, itqi, izg’I, lom, nun).
Savol: Misoli qaysi?
Javob: اَلتَّوبَةُ اَلثَّنَاءُ اَلدُّنيَا الذِّكْرُ اَلرَّحْمٰنُ اَلزَّيْتُونُ اَلسَّمِيعُ
اَلشَّمْسُ اَلصَّيْفُ اَلضَّلاَلُ اَلطُّورُ اَلظُّلْمُ اَللَّيلُ اَلنُّورُ
(Attavbatu, Assanaau, Addunya, Azzikru, Arrohmanu, Azzaytunu, Assamiy’u, Ashshamsu, Assoiqu, Azzolalu, Atturu, Azzulmu, Allaylu, Annuru).