Rivoyat qilishlaricha, hazrati Muso alayhissalom qavmlari - bani Isroildan bir kishi: "œTo yuz kishi bilan maslahat qilmagunimcha uylanmayman", deb ahd qildi. To‘qson to‘qqiz kishi bilan maslahatlashdi va: "œErta tongda yo‘limda uchragan birinchi kishining maslahatiga amal qilaman", deb o‘yladi. Ertalab unga birinchi ro‘baro‘ bo‘lgan odam — qamishni ot qilib minib olgan bir devona edi. Bu holatdan u kishi juda xafa bo‘ldi. Ammo tunda qilgan ahdiga muvofiq shu devonadan maslahat so‘ramoqchi bo‘lib, unga yaqinlashdi.
Devona esa minib olgan "œot"iga ishora qilib: "œYonimga kelma, otim tepadi", dedi va ketishga chog‘landi. U kishi: "œOtingni to‘xtat, menga sening maslahating zarur, men uylanmoqchiman", dedi. Devona biroz o‘ylanib turib dedi: "œBilki, ayollar uch toifa bo‘ladi: birinchisi sening foydangga, ikkinchisi sening zararingga, uchinchisi esa yo sening foydangga yo zararinggadir", deya "œot"ining boshini burib, keta boshladi.
U kishi devonani yana to‘xtatib: "œAytganlaringni ma’no va hikmatlarini menga sharhlab ber" dedi. Devona unga shunday javob qaytardi: "œBirinchi toifa deganim, bu bokira qizdir. Chunki nikohdan so‘ng uning qalbi va mehru muhabbati faqat senga bog‘lanadi. Zero, u sendan boshqa bilan ulfat va uns olmagandir. Ikkinchi toifa deganim, bolali beva ayoldir. U sening molingni yeydi, ammo avvalgi erini deb ko‘z yosh to‘kadi. Uchinchisi, yo foydang yo zararingga deganim, bu avvalgi eridan farzandi bo‘lmagan juvondir. Agar sen avvalgi eridan yaxshiroq bo‘lsang, seni do‘st tutadi, mabodo yomonroq bo‘lsang, u holda senga dushman bo‘lishi mumkin".