- Yana ichdingmi bolama, nima zaril-a senga shu zaqqumni ichib? Ko`zlaringni kirtayib qolganini qara, ranging somondek sarg`ayib ketibdi"¦
Mahallaga qayerdan, qachon kelib qolgani noma’lum, birov yarimning tomorqasida ketmon chopib, ishini qilib topgan puliga kunini o`tkazib yuradigan Sashka alkash o`zbek tilini "œo`" harfini tushunmasa ham Savri momoning gaplarini tushunadi. Iljayib turaveradi. "œLadno momay, bolshe ne budu! Otvechchayu"¦ hiq"¦"
Savri momo tutgan joyini qo`yib yubormoydi, har kuni bo`kkunicha ichib, uyiga yetishiga besh olti qadam qolganda dumalab qoladigan Sashkani qo`lidan tortib tug`azadi, suyab-suyab uyiga olib boradi. Tavbasiga tayantirmaguncha nasihat qiladi. Biladi, baribir foydasiz, ertasiga yana shu ahvol"¦
"¦ Har kuni eshigi ostida o`tgan-ketganga termulib o`tiradigan Savкi momoning darvozasi oldida to`planib turgan bir gala odamni ko`rgan Sashka alkashning qo`lidan shishasi tushib ketadi. Darvozaga qarab yuguradi.
Yolg`izgina o`g`li Rossiyaga ish izlab ketgancha bedarak yo`qolgan, bittayu bitta suyangani - cholining vafotidan so`ng bir o`zi qolib, ertayu kech ibodatini kanda qilmagan Sarvi momoning janozasida Sashkaning ovozi hammanikidan o`tib tushadi, yig`lamaganni ham yig`latadi.
- Ay momaa-ay! Indi kim minga ichma diydi momaa-ayy?!
"¦Sashka alkash uch to`rt kun ko`rinmay qoladi. Uni do`konchi va qadrdon shishadoshi — maktab qorovulidan boshqa hech kim eslamaydi. Faqat bir haftalardan so`ng mahalla ayollari orasida shivir-shivir oralab qoladi:
- Hay eshitdingizmi, anovi alkash bor-u, Sashka, Savri momoni janozasidan keyin uch kun erta-yu kech qabristonda, momoni qabri tepasida o`tirganmish. Do`konchi "œNega kelmayapsan?" degan ekan, "œEndi ichmayman" debdi.
- Sashka alkashni masjid atrofida o`ralashib yurganda ko`rib qolishibdi.
- Xudoyim ko`ngliga solaman desa hech gap emas ekan, Sashka kecha jum’a namoziga chiqibdi"¦