Talabaligimizda bir do'stim bilan Toshkentdagi Qushbegi mavzesiga borishimiz kerak edi. Qushbegi mavzesiga 69 va 12- avtobuslar yurarkan. Svetaforni yashil chirog'ini kutib 69-avtobusga yetolmay qoldik. (Ikkimiz ham Toshkent viloyatidanmiz). Men:"OLMISH TO'QQIZdan qoldik", dedim oltmishda "t" harfini tushirib aytadigan surxondaryoliklarni shevasida. U ham pinagini buzmasdan:"Kutaylikchi, O'N AKI kelib qolar" desa bo'ladimi andijonliklarni shevasida.