avvalambor assalomu alaykum, bir savolimga anchadan buyon javob qidiraman,lekin tayinli bir gap eshitmayapman ,demak savolim:
1. man namozda duolarini o'qiyotganimda ayrim payt so'zlarni adashib talaffuz qilib yuboraman va shu so'zni to'g'ri takrorlab yana namozimni o'qishda davom etaverardim..
keyin bilishimcha bunday qilish mumkin emas ekan. bir so'zda adashsa ham o'qigan ayni damdagi namoz shaytonga borar ekan...shu gap to'g'rimi?
Va alaykum assalom.
Namozda duo deganda nimani nazarda tutyapsiz? Qunut duosimi, qiyomdagi qiroatmi, yo tashahhud bilan salovatmi?
Qiroatdagi hatolik sabab namoz buzilmaydi, sajdai sahv ham vojib bo'lmaydi.
Agar qiyom (tik turganda) Fotiha surasini unutib qoldirilsa, yo zam suradan keyin oqilsa sajdai sahv vojib bo'ladi.
4 rakatli farz namozlarining 3-4 rakatlarida, Fotiha surasiga qo'shib biror zam sura o'qib yuborilsa, sajdai sahv vojib bo'ladi.
Qunut takbirini (3 rakat vitr namozida) unutib qoldirilsa, yo qunut duosini o'qimasa sajdai sahv vojib bo'ladi.
Sizda faqat qiroatda hato bo'lyapti, bu namozni buzmaydi, sajdai sahv ham vojib bo'lmaydi, shaytonga ham bormaydi, hotirjam namozingizni o'qiyvering. Alloh yengillik bersin.
2. bu yil inshaallah oliy o'quv yurtiga topshiraman, to'g'risi judayam xohliyman o'qishga kirishni,ammo repititorga borolmayman,shunga o'zim tayyorlanib yuribman. keyin bir kitobda hojat namozi o'qish kerakligini o'qib qoldim,lekin qanaqa o'qilishini hech qayerda topa olmadim. xojat namozi qanday o'qiladi
Yaxshilab tahorat olasiz, Hojat namoziga niyat qilib oddiy ikki rakatli boshqa nafl namozlarday o'qiysiz. Allohga sano, Rasululloh s.a.v.ga salovat aytasiz. So'ng hojat duosini o'qiysiz. iloji bo'lsa shanba kuni ertalab o'qing.
Payg'ambarimiz s.a.v. hojat namozidan keyingi duoni shundoq o'rgatganlar:
"Haliymu Kariym Allohdan o'zga hech ilohu ma'bud yo'q. Ulug Arshning Robbi Alloh pokdir. Olamlarning Robbi Allohga hamdlar bo'lsin. Men Sendan: rahmatingni vojib qiluvchi, mag'firatingni taqozo qiluvchi narsalarni va har bir yaxshilikdan g'animatni, har bir yomonlikdan salomatni so'rayman. Mening hech bir gunohimni qo'ymay mag'firat qilgin, hech bir g'amimni qo'ymay kushoyish qilgin, O'zing rozi bo'lgan hech bir hojatimni qo'ymay, albatta, chiqargin. Yo Arhamar Rohimiyn".
Bir narsani unutmaslik kerak, Alloh harakat qilgan jonga barakasini beradi! Yaxshi tayyorgarlik ko'rmay faqat duo bilan kifoyalanilsa, o'qishga kirish amri mahol. SHunga Allohdan yordam so'rab o'zingiz jiddu jahd bilan o'qishga kirishing, repeptitorga ham borib o'qing, vazifa beradigan joylarda odam o'qishga qattiqroq kirishadi, mustaqil o'rganish qiyin.
Alloh yengillik bersin.