«SAHIH MUSLIM»GA YOZILGAN SHARHLAR
Imom Muslimning «Sahih» asariga ko‘pdan-ko‘p sharhlar yozilgan bo‘lib, ularning ba’zilari keng va batafsil bo‘lsa, ba’zilari esa qisqa tarzda yozilgan. Ulardan «Saxih»ning ayrim qismlariga bag‘ishlanib yozilganlari ham bor. Ushbu sharhlarni xronologik tarzda bayon qilsak, quyidagilardan iborat bo‘ladi:
1. «Tafsir g‘ariyb as-sahihayn». Muallifi Hamnydip (vafoti 488 xijriy yil). Uning bir qo‘lyozma nusxasi Xizanat Taymuriyada (Damashq) saqlanadi.
2. «Al-mufhim fi sharhi g‘ariyb Muslim». Muallifi Imom Abdulg‘ofir ibn Ismoil al-Forsiy (vafoti 529 hijriy yil).
«Sahih Muslim»ga yozilgan sharh. Bu sharh Haqida Hoji Xalifyning «Kashf uz-zunun» asarida batafsil ma’lumotlar berilgan.
3. «Al-Iyjoz va-l-bayon li-sharhi xutbat kitob Muslim ma’ kitob-il-iymon». Qurdobaning qozisi Ibn al-Hoj (vafoti 329 hijriy (1134 melodiy) yil) tomonidan yozilgan.
4. «Sharh al-Imom Abu-l-Qosim Ismoil ibn Muhammad al-Isfahoniy al-Hofiz» (vafoti 535 hijriy yil) Hoji Xalifa «Kashf uz-zunun»da bu sharh haqida ba’zi ma’lumotlar keltirgan.
5. «Al-Mu’lim fi favoid Muslim». Ba’zi olimlar (masalan, Sezkin) uning nomini «Al-Mu’lim bi favoid Muslim» deb keltirganlar. Muallifi Abu Abdulloh Muhammad ibn Ali Ibn Tomiym al-Mozoriy (vafoti 536 hijriy (1141 melodiy) yil). Ushbu sharhning qo‘lyozma nusxalari Parij, Faas, Istanbul, Qohira, Rabot kabi shaharlarida saqlanadi.
6. «Ikmol al-mu’lim bi-favoid Muslim». U al-Qoziy Iyod al-Yaxsabiy (vafoti 544 hijriy (1149 melodiy) yil) qalamiga mansub. Bu asar yuqorida zikr qilganimiz al-Mozoriyning «al-Mu’lim fi favoid Muslim» nomli sharhini to‘ldiradigan qo‘shimcha sharhdir. Uning qo‘lyozma nusxalari Damashq, Tunis, Faas, Istanbul shaharlarida mavjuddir.
7. Imdod ad-Din Abdurahmon ibn Abdulali al-Misriy (vafoti 624 hijriy yil) tomonidan yozilgan sharh.
8. «Siyanat Sahih Muslim minal ixlal va-l-g‘alat va himoya-tihi minal isqot va-s-saqt» nomli sharh Usmon ibn Abdurahmon ash-Shahruzuriy ibn as-Saloh (vafoti 643 hijriy (1242. melo-diy) yil) tomonidan ta’lif etilgan. Uning bir nusxa qo‘lyozmasi Istanbulda, Ayo Sufiya kutubxonasida saqlanadi.
9. «Al-Mufsih al-mufhim va-l-muvzih al-mulham li-maoniy. Sahih Muslim». Uning muallifi Abu Abdulloh Muhammad ibn Yah’ya al-Ansoriy (vafoti 646 hijriy (1248 melodiy) yil).Ushbu sharhning bir qo‘lyozmasi Qohirada, Tal’at kutubxonasida saqlanadi.
10. Shamsuddin Abu-l-Muzaffar Yusuf ibn Qaz Ug‘li Sabat ibn al-Javziy (vafoti 654 hijriy yil) tomonidan yozilgan sharh.
11- «Al-Mufhim limo ashkala min Talxiys kitob Muslim». Muxtasar holda yozilgan bu sharh Abu-l-Abbos Ahmad ibn Umar ibn Ibrohim al-Qartobiy (vafoti 656 hijriy (1258 melodiy) yil) qalamiga mansubdir. Uning qo‘lyozma nusxalari Damashq, Halab, Qohira, Rabot, Basra, al-Madina al-Munavvara shaharlarida saqlanadi. Olim an-Navaviy ushbu sharhdan ko‘p o‘rinlarda foydalangan.
12. «Minhoj al-muhaddisiyn va sabiyl talbiyat al-mihaqqiqiyn» (yoki «Al-Minhoj fi sharhi SahihMuslim ibn al-Hajjoj» deb ham yuritiladi). Uning muallifi anJavaviy (vafoti 676 hijriy(1277 melodiy)yil)4. Ushbu sharh bir necha marta Laknou, Dehli, Qohira kabi shaharlarda nashr ham qilingan. Uning qo‘lyozma nusxalari juda ko‘p tarqalgan bo‘lib, Parij, London, (Britaniya muzeyi), Leyden, Milan, Istanbul, Tunis, Mosul, Damashq, Berlin, Botina (Hindiston), Halab shaharlarida saqlanadi.
13. Hofiz al-Munziriyning «Sharh kitob muxtasar Sahih Muslim» nomli sharhiga yozilgan boshqa sharh Usmon ibn Abdul-malik al-Qurdiy al-Misriy (vafoti 737 hijriy yil) qalamiga oiddir.
14. «Ikmol al-Ikmol» nomli mukammal sharhning muallifi Abu-r-rux («Kashf uz-zunun»da «Abu-l-Faraj» deyilgan) Iso ibn Mas’ud az-Zavoviy al-Molikiy (vafoti 744 hijriy yil). Bu ulkan sharh avval zikr qilganimiz «al-Mu’lim», «al-Ikmol», «al-Mufhim» va «al-Minhoj» nomli sharhlarni jamlashdan ta’lif etilgan bo‘lib, besh jilddan iboratdir. Uning bir qo‘lyozma nusxasi Qohirada saqlanadi.
15. Al-Hofiz al-Munziriyning «Sharh kitob muxtasar Sahih Muslim» nomli asariga Muhammad ibn Ahmad al-Asnaviy (vafoti 763 hijriy yil) tomonidan bitilgan sharh. Hoji Xalifa «Kashf uz-zunun»da bu sharh haqida ayrim ma’lumotlarni keltiradi.