10 Ma’naviy yuksalishning asosi halol yemoqdir. Zero amal qabul bo‘lishining asosiy sharti iymon va halol daromaddir. Halol yegan kishiga, halol amallarni bajarish oson qilib qo‘yiladi.
11 Alloh taolo buyuradi: "... agar bilmaydigan bo‘lsangiz zikr (Qur’on, ilm) ahlidan so‘ranglar!", (Anbiyo surasi, 7; Nahl surasi, 43-oyatlar mazmuni).
Bu oyat bilmagan mavzularni olimlardan so‘rash lozimligini ko‘rsatuvchi bir dalildir. (Muhammad Jamoliddin Qosimiy, Mahosinut-ta’vil»,
«Bordi-yu biror narsa haqida talashib qolsangiz, agar haqiqatan Allohga va oxirat kuniga ishonsangiz, u narsani Allohga va payg‘ambariga qaytaringiz. Mana shu yaxshiroq va chiroyliroq yechimdir». (Niso surasi, 59).
Ilm va olimning darajasi haqida shunday deyilgan:
"Alloh sizlardan iymon keltirishni va ilm ato etilgan insonlarni (baland) daraja-martabalarga ko‘tarur" (Mujodala surasi, 11-oyat mazmuni)
«Allohdan bandalari orasida olim bilimdonlarigia qo‘rqur» (Fotir surasi, 28-oyat)
«Alloh kimning yaxshiligini istasa, uni dinda faqih qilib qo‘yadi" (Imom Buxoriy, Imom Muslim, "Zakot", 100)
"Kimki ilm tahsili uchun yo‘lga chiqsa unga jannat yo‘lini oson qiladi (Abu Dovud hadisi Ibni Moja, 223-hadis).
«Olimning obiddan ustunligi mening (ilm jihatdan) eng pastda bo‘lgan kishidan ustunligim kabidir" (Termiziy, 295-hadis).
Olimlardan uzoqlashish ilmdan mahrum bulish demakdir. Jaholat qalbni qoraytiradi, ilm yoritadi. Ilmiga amal qilgan kishining qalbida irfon hosil bo‘ladi. Ilm va irfon sohibining qalbi nurga chulg‘anadi.
Ilmsizlik gunohga boshlaydi. Qalb gunoh kirlari tufayli qorayib, Haqni anglamaydigan bo‘ladi, oqibatda o‘ladi. Qalb o‘lgach, haq yuldan toyadi, Allohga isyon qiladi.