Davom ettiring!!!  ( 208985 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 34 35 36 37 38 39 40 41 42 43 44 ... 62 B


AbdulAziz  21 Oktyabr 2007, 07:52:24

Muvaffaqiyatsizlik insonga ko'p narsalar o'rgatadi.

Xitoy xalq maqoli

Qayd etilgan


shoir  21 Oktyabr 2007, 20:57:11

Ilm o'rganish - Allohdan qo'rqish, uni talab qilish - ibodat, izlash - jihod, bilmaganga o'rgatish - sadaqa, uni o'z ahliga o'rgatish - Allohga qurbatdir. Ilm - tanholikda hamroh, hilvatda - do'st, to'g'ri yo'l ko'rsatuvchi - dalil, begonlar oldida - eng sodiq do'st, Jannat yo'lining minorasidir.
Hazrati Umar ibn Hattob r.a.

Qayd etilgan


JaviK  22 Oktyabr 2007, 00:25:30

R isqu -ro`zinni sochib aylanar falak
sen esa dalangdan topolmay halak
bolanga berganing bitta handalak
nega yig`lamaysan ahli andijon.

Qayd etilgan


Laylo  22 Oktyabr 2007, 07:54:36

Namozda turar ekansan, go’yoki hukmdorning eshigini qoqmoqdasan. Hukmdorning eshigini qoqqanga esa, eshik, albatta, ochilur.
Abdulloh ibn Ma’sud

Qayd etilgan


shoir  27 Oktyabr 2007, 15:54:47

Rasulullohni yaxshi ko‘ramiz, deb da’vo qilasizlar-u, ammo ul zotning yo‘llaridan yurmaysizlar va sunnatlarini bajarmaysizlar.
- Jannatni yaxshi ko‘rasizlar-u, biroq unga olib borguvchi amallarni qilmaysizlar.
- Jahannamdan qo‘rqasizlar-u gunohlardan tiyilmaysizlar.
- O’lim haq, deb da’voda bo‘lasizlar-u, ammo unga tayyorgarlik ko‘rmaysizlar.
- Birovlarning ayblarini ko‘rasizlar-u o‘z ayblaringizni ko‘rmaysizlar.
- Alloh bergan rizqni yeysizlar-u, lekin shukronasini qilmaysiz.
- O’liklaringizni dafn etasiz-u, ammo bundan ibrat olmaysiz. O’lik yer samar bermaganidek, o‘lik qalbdan chiqqan duo ham ijobat topolmaydi.

Ibrohim Adham

Qayd etilgan


Amina  29 Oktyabr 2007, 15:19:18

Inson umri davomida juda kop ishlarni amalga oshiradi. kimgadir rahmat aytsa, kimdandir rahmat eshitadi. Senga yaxshilik qilganni hech qachon unutma, ammo sen kimgadir yaxshilik qilgan bo`lsang, shu zahotiyoq esingdan chiqar!

Qayd etilgan


Muslimа  06 Noyabr 2007, 13:51:26

Ruh va nafs Majnun va uning tuyasi kabi bo‘lib, biri olg‘a, ikkinchisi orqaga ketishni istaydi.

Jaloliddin Rumiy

Qayd etilgan


topsync  06 Noyabr 2007, 16:09:03

Insonlar ko`rdim ustlarida kiyimlari yo`q
Kiyimlar ko`rdim ichida insonlari yo`q
(Muallifini esimga tushsa yozaman)

Qayd etilgan


Muslimа  06 Noyabr 2007, 16:24:00

Qanchalik kuch-quvvatga ega bo'lmagin, dushman bilan doimo tinchlik yo'lini ixtiyor qil.

Jolinus Hakim

Qayd etilgan


shoir  09 Noyabr 2007, 12:04:28

Labbayka, Allohumma, labbayk,
Labbayka laa sharika laka labbayk.

Talbiyadan.

Qayd etilgan