Ko'p marotaba eshitgan rivoyatlarimdan biri, balki aniq yozilgan joylari ham bordir, lekin topa olmadim.
Alloh Taolo, bu dunyoda kunlari tugagandan keyin huzuriga ilk olim, shahid va boy kishini chaqirar ekan.
Olimdan so'rabdi: Sen dunyoda nimalar qilding?
Olim esa: Men sening yo'lingda o'qidim, izlandim va olim bo'ldim.
Alloh esa: Sen odamlar, qarang, olim bo'ldi, deb orqangdan maqtab gapirishsin, deb olimlik talab qilding, mening rizomni unutding, deb uni Jannatidan mahrum etibdi.
Keyin bu dunyoda shahid bo'lgan odamni huzuriga chaqirib ayni savolni so'rabdi, shahid bo'lgan kishi ham aynan: Men sening uchun shahid bo'lishga rozi bo'ldim, deb javob beribdi. Alloh Taolo esa: Sen ham insonlar, qanday mard yigit, deb gapirsin, deya shahidlikka rozi bo'lding, deb uni ham kutganidan boshqa joy nasib etgan ekan...
Alloh zamonasining boy odamini chaqirib, undan ham so'rabdi: Sen nimalar qilding ey qulim?
Boy odam esa, İshladim, pul yig'dim, seni yo'lingda sarf qildim, deb javob berganida, Rabbimiz: Yo'q, sen odamlar seni maqtasin, falonchi shuncha ehson qildi, shuncha bolani o'qitdi, shuncha masjid qurdirdi, deb maqtab gapirsin, deya senga bergan mol-dunyomni o'z nafsing uchun harjading, deb uni ham jazolandirgan ekan.
Rabbim barchamizga faqatgina O'ZİNİNG rizosi uchun harakat qilishni nasib etsin, bandasi uchun emas.
O'ZİDAN qo'rqishni, cho'chishni nasib etsin, bandasidan emas.
Bu yo'lda, qo'rqmas yurak bersin insholloh....