Ziyo-Uz BukToPuHaCu  ( 2429748 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 266 267 268 269 270 271 272 273 274 275 276 ... 500 B


Y_U_R_I_S_T  21 Fevral 2008, 11:47:41

6-savol: Britaniyalik haykaltarosh Entoni Gormli cho’yandan inson figuralarini yasash bilan shug’ullanadi. Uning eng yaxshi haykallari Britaniyaning ko’pgina shahrlarini bezab turibdi. U o’zining cho’yan figuralarini ko’pincha bir insonga o’xshatib yasaydi. Siz menga u insonning kim ekanligini emas, balki uning kasbini ayting.

Qayd etilgan


Y_U_R_I_S_T  21 Fevral 2008, 11:48:12

7-savol: Unga anchadan buyon haykal o’rnatish niyatida edilar, lekin buning hech uddasidan chiqa olmayotgan edilar. Lekin 1999 yil Yekaterinburgda nihoyat unga dunyodagi birinchi haykal yodgorlik o’rnatildi. Bronzadan quyilgan unchalik katta bo’lmagan postamentda faqatgina bir juft yalang oyoq izi turibdi. Bu haykal kimga o’rnatilgan?

Qayd etilgan


Y_U_R_I_S_T  21 Fevral 2008, 11:48:32

8-savol: Dastlab Napaleon I o’z jasoratini abadiylashtirish uchun Triumfal arkasini qurdirmoqchi emas edi. U o’sha yerda bir hayvonning haykalini o’rnatmoqchi bo’lgan. Chunki bu hayvonlarni ko’rganida u hayratga tushar edi. Lekin ushbu maqsad amalga oshmadi. Baribir Triumfal arka qurildi. U qaysi hayvonning haykalini o’rnatmoqchi edi?

Qayd etilgan


Y_U_R_I_S_T  21 Fevral 2008, 11:48:51

9-savol: Frantsuz adabiyotining klassigi Onore de Balzak o’zining bir qo’llanmasida "œErkak kishi o’zining o’sha narsasiga qarab hurmat topadi — bu uning o’zi, buning yordamida u o’zining asl ko’rinishini berkitadi, bu narsada uning aqli namoyon bo’ladi" degan. Agar "œZakovat" bilimdonlari bir necha yil avval u narsadan voz kechgan bo’lsa, u nima bo’lishi mumkin?

Qayd etilgan


Y_U_R_I_S_T  21 Fevral 2008, 11:49:09

10-savol: Ushbu mahsulotning reklamalaridan birida unga shunday ta’rif berilgan: Unga musiqiy asarlar bag’ishlangan, uni to’lov vositasi sifatida ishlatilgan, uning yordamida sevgi izhori qilishgan, u turli dindagi insonlarni yaqinlashtirishga yordam bergan, uni ko’pgina illatlarga qarshi dori sifatida yozib berishgan". Bu qaysi mahsulotning reklamasi?

Qayd etilgan


Y_U_R_I_S_T  21 Fevral 2008, 11:49:27

11-savol: Malayziyada "œSen qayerga ketyapsan?" deyishadi, bu savolga "œAylangani" deb javob berishadi. Yevrey "œSizga tinchlik" desa, fors "œQuvnoq bo’l" deydi, Grenlandiyaliklar esa "œYaxshi ob-havo" deyishadi. Biz bunday holatda nima deymiz?

Qayd etilgan


Y_U_R_I_S_T  21 Fevral 2008, 11:50:03

12-savol: Kalamushlar bilasiz har doim insonga zarar yetkazib kelgan. Lekin yaqinda Tanzaniyada ushbu  hayvonlarga yangi bir vazifani o’rgatishdi va ular o’z ishlarini juda yaxshi bajara olishlari mumkinligini isbotlashmoqda va inson kasbdoshlaridan farqli o’laroq hattoki bir marta ham xato qilishmayapti. Ularni qaysi kasbga o’rgatishgan?

Qayd etilgan


Y_U_R_I_S_T  21 Fevral 2008, 11:50:24

13-savol: XVI asr ispan yozuvchisi Fransisko Kavedo-i-Vilegos o’z asarlaridan birida quyidagicha fikrni aytadi:
"œSinor Dinero shubhasiz o’ta qudratlidir"
Kavedo "œSinor Dinero" deganda kimni nazarda tutgan?

Qayd etilgan


Y_U_R_I_S_T  21 Fevral 2008, 11:50:46

14-savol: Rivoyatlarga ko’ra, Alloh Odamatoni yaratish uchun farishtalarni yerdan tuproq olib kelishga yuboradi. Yer qarshilik ko’rsatadi va farishtalar undan tuproq olishmaydi. Bu ishni faqat ugina bajarganligi sababli, u ustun turuvchi deb hisoblanadi. Savol, nimadan ustun turuvchi?

Qayd etilgan


Y_U_R_I_S_T  21 Fevral 2008, 11:51:29

15-savol: Bu xalq o’zini inuit deb ataydilar, hammasi bo’lib ularning soni 115 ming kishini tashkil etadi. Bizda bu xalqning nomini xatto yosh bolalar ham yaxshi bilishadi. Savol bu qaysi xalq?

Qayd etilgan