Ziyo-Uz BukToPuHaCu  ( 2429739 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 271 272 273 274 275 276 277 278 279 280 281 ... 500 B


Abdusalom  21 Fevral 2008, 19:31:26

21. Nepalliklar tilida u "Samarmatxa" - "Olamlar onasi" degan ma'noni anglatadi. Ular nimani shunday nomlashadi?

Qayd etilgan


Abdusalom  21 Fevral 2008, 19:31:35

22. Qadimgi yunon faylasufi Diogen savollarga antiqa javob bergani bilan mashhurdir. Unda sen qaysi davlatga tegishlisan deya so'raganlarida, u o'zidan keyin ko'pchilik foydalangan mashhur javobni beradi. U javob qanday edi?

Qayd etilgan


Abdusalom  21 Fevral 2008, 19:34:49

23. Nikolay Lobachevskiy, Konstantin Siolkovskiy, Lev Tolstoy, Bulat Okudjava, Aleksandr Soljenitsin, Yuliy Kim, Stiven King. Ularni qanday qilib hamkasb deb atashimiz mumkin?

Qayd etilgan


Abdusalom  21 Fevral 2008, 19:35:28

24. Aleksandr Pushkinga graf Zavadovskiy o'zining doimiy daromadlari haqida gapirganda, shoir: "Men sizdan boyroqman, menda 36 ta doimiy daromad manbai mavjud". Ulardan birinchisini ayting.

Qayd etilgan


Abdusalom  21 Fevral 2008, 19:35:51

25. Mashhur angliyalik yozuvchi Grem Grin "dunyoning eng yaxshi turistik tashkiloti" deya nimani nomlagandi?

Qayd etilgan


Abdusalom  21 Fevral 2008, 19:36:58

26. Indoneziya 1945 yili mustaqillikni qo'lga kiritgan. Bu tarixiy voqeadan bir necha kun keyin bu yosh davlat hali u paytda davlat deb e'lon qilinmagan Monako knyazligidan rasmiy norozilik maktubi oldi. Bu norozilik sababi nima edi?

Qayd etilgan


Abdusalom  21 Fevral 2008, 19:37:08

27. Bu fransuz rassomi 1822 yili bitta kartinada ko'p rasm ko'rsa bo'ladigan dioramani ixtiro qildi. Bu fransuz 17 yil keyin nimani ixtiro qilgan?

Qayd etilgan


Abdusalom  21 Fevral 2008, 19:37:18

28. Antonio Xose Sukre Amerikadagi ispan koloniyalarining mustaqillikka uchun kurashi qahramonlaridan biri edi. Boliviya poytaxti, Venesuelada shtat uning sharafiga qo'yildi. Ekvadorda uning sharafiga nima nomlandi? 

Qayd etilgan


Abdusalom  21 Fevral 2008, 19:37:27

29. 1781 yili parij operasi yong'in ichida qoladi. Arxitektor Lenuar yangi opera binosini barcha xavfsizlik choralarini qo'llab qurib bitkazadi. Lekin avvalgi yong'indan qo'rqib qolgan parijliklar yangi binodagi birinchi operaga borishni istamaydilar. Qanday qilib qirol Lyudovik XVI muxlislarni spektaklga yig'a olgan?

Qayd etilgan


Y_U_R_I_S_T  21 Fevral 2008, 19:37:55

22. Qadimgi yunon faylasufi Diogen savollarga antiqa javob bergani bilan mashhurdir. Unda sen qaysi davlatga tegishlisan deya so'raganlarida, u o'zidan keyin ko'pchilik foydalangan mashhur javobni beradi. U javob qanday edi?

Men yerlikman degan

Qayd etilgan