Ziyo-Uz BukToPuHaCu  ( 2429926 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 296 297 298 299 300 301 302 303 304 305 306 ... 500 B


Abdusalom  07 Mart 2008, 10:19:32

Xushnud Xudayberdiyev savollarining umumiy
oynasi (javob topilgan va topilmaganligi haqida)

39-savol:   Stiven Frayning bir hazili bor, 50 yoshda vafot etgan Gabriel, o'zini 122 yoshda deb hisoblagan, :-)) savol, Gabrielning familiyasi nima edi?

Гарсиа Маркес

Qayd etilgan


Usmon  07 Mart 2008, 10:34:06

4-savol: Dunyoda juda ko’plab dori xillari mavjud. Ularning funksiyasi ham xar xil. Xususan, Bir qancha dorilar qon ta’minotini yaxshilashga xizmat qilar ekan. Ya’ni ular qon bilan yaxshi to’yingan hujayra va to’qimalardan qon donachalarini olib, ularni kamqon bo’lgan hujayra va to’qimalarga yetkazib berar ekan. Endi savol quyidagicha, shifokorlar bunday funksiyali dorilar turkumini hazillashib qanday nomlashadi?

Menimcha, "Robin Gud" bo'lsa kerak.

Qayd etilgan


AbdulAziz  07 Mart 2008, 11:38:28

Iqtibos
1-savol: Shtutgartda noodatiy antiqa darslik chop etildi. Bu darslikni o’qish vaqtida o’quvchilar o’zlarini o’qituvchi o’rniga qo’yib ko’rishlari va hatto darslik chop etuvchilarga baho qo’yishlari ham mumkin. Siz menga 1 daqiqadan keyin, ushbu darslikning boshqalaridan farqli jixatini ayting.

U ataylab xato bilan chop etilgan.

Iqtibos
2-savol: Mallarang bo’yoq, ya’ni sepiya, xozir asosan sintetik(sun’iy) yo’l bilan olinadi. Ammo tabiiy bo’yoq ancha taniqroq va sifatliroq. Bu bo’yoq tabiiy usulda bir jonzotdan olinadi. Siz uni topishingiz uchun mashhur bir musobaqani esga olishingiz kifoya. Menga o’sha bo’yoqning tabiiy manbasini yozib bering.

Sakkizoyoq

Iqtibos
3-savol: Fiat, Pejo, Reno va Shevrole. Bu so’zlarni avtomobil markalari ekanligidan tashqari ham bir umumiylik birlashtirib turibdi. Siz menga bu so’zlardagi o’sha umumiylikni topib aytasiz.

A-ha, ularni originalda yozsa hammasi T bilan tugar ekan: FIAT, Peugeot, Renault, Chevrolet.

Iqtibos
5-savol: Hududi kattaligi jihatidan — 110 o’rin, aholi soni bo’yicha — 73-o’rin, Xalqaro savdo hajmi bo’yicha — 15-o’rin, Valyuta zahirasi bo’yicha — 6-o’rin, aholisining kishi boshiga daromadi bo’yicha — 4-o’rin. Va faqatgina travmatizm darajasiga ko’ra dunyoda 1-o’rin. Siz bu qaysi davlat ekanligini yozib bering.

Shveysariya

Iqtibos
12-savol: Xitoyda u boylik ramzi, Misrda o’lim va ruh ramzi sifatida qarashgan. Gretsiyada esa uni o’lchov asboblariga tasvirlashgan va u savdoda halollik belgisi bo’lgan. U xozir bir o’yinning ramzi. Xo’sh bu qaysi o’yin?

"Zakovat" :)

Iqtibos
13-savol: Mashhur siyosatchi Otto fon Bismark  shunday gap aytgan: Odamlar ovdan keyin, sayr vaqtida va undan oldin ko’proq yolg’on gapirishga moyil bo’ladilar. Savol, nimadan oldin?

Saylovgacha :)

Iqtibos
15-savol: Olimpiyada tarixida 100 metrga yugurish bo’yicha chempionlar ko’p. Lekin ular orasida 1900 yili chempion bo’lgan Tomas Berk nomi alohida qayd etilgan. U boshqa sportchilardan farqli o’laroq u narsani birinchi bo’lib qo’llagan va chempion bo’lgan. Aytingchi Tomas Berkning alohida qayd etilishiga sabab nima?

U quyi startdan yugurgan.

Iqtibos
17-savol: Bu narsa 1895 yili Syurixlik bir kishi tomonidan ixtiro qilingan. Lekin uning ommaviylashishi sekin davom etgan. Faqatgina  I jahon urushiga kelib uning targ’iboti keng ko’lamda bo’lgan va uning qulayligi urushda o’z isbotini topgan. Menga gap nima haqida ketayotganligini emas, balki o’sha ixtirochining ismini ayting.

Jillette (himoyali soqoltarosh ixtirochisi)

Iqtibos
22-savol: 25 litr suvni atigi bir tomchi u bilan bulg’ash mumkin. U nima?

Benzin (neft)

Iqtibos
24-savol: 1958 yili Shvetsiyada bo’lgan futbol bo’yicha Jahon chempionatida 16 jamoani guruhlarga bo’lish uchun qur’a tortish marosimi bo’lgan. Unda barcha jamoalar hududiy yaqinligidan kelib chiqib 4 guruhga bo’lingan. Bunda 1-guruh "œG’arbiy Yevropa", 2-guruh "œSharqiy Yevropa", 3-guruh  "œAmerika" deb nomlangan. Xo’sh unda oxirgi 4-guruhga qanday nom berilgan edi?

Buyuk Britaniya deb nomlangan bo'lsa kerak. Chunki guruhda Angliya, Shotlandiya, Shimoliy Irlandiya va Uels bor edi..

Iqtibos
26-savol: Sigir - 4, cho’chqa - 8, tipratikan — 10, yaguar — 11, ko’rshapalak — 20. Xo’sh, bu ko’rsatkich insonda o’rtacha nechaga teng?

Uxlash emasmi. Bu insonda o'rtacha 7-8 soat

Iqtibos
27-savol: Bu ro’yxat boshida  Indoneziya turadi. 2-o’rinda Yaponiya. 3-o’rinda 2000 yilgacha Buyuk Britaniya turgan. Xozir Filippin 3-o’ringa ko’tarilib olgan. Savol, bu ro’yxat nimaga qarab tuzilgan?

Orollarda yashydigan aholi soni bo'yicha

Iqtibos
29-savol: Turklar uni "œshayton ovozi", nemis dengizchilari "œmusson shamoli", inglizlar "œeng baxtsiz kishilar ovozi" deya ta’riflashgan. Bizda ham bu narsa yaxshilikka olib kelmaydi degan aqida bor. Gap nima haqida ketmoqda?

Hushtakmasmi?

Iqtibos
30-savol: Ularning birinchisi yevrey, keyingilari yunon, italyan, fransuz, ingliz, portugal, ispan. Menga bularning xozirgisi va undan oldingisini nomma-nom ayting.

Rim papalari. Oldingisi polyak edi. Hozirgisi nemis.

Iqtibos
31-savol:   1751 yili Angliyadagi bir reformadan ko’chilik norozi bo’lgan. Ular mazkur islohat tashkilotchisi bo’lgan lordning uyiga borib "œBizning 2,5 "¦mizni qaytaring" deya aytishgan. Ular nimasini qaytarishni talab qilishgan va bu qanday islohat edi?

Oyni qaytaring degan. Chunki lord Grigoryan taqvimiga o'tgan va Yangi yilni 25 martdan 1 yanvarga ko'chirgan.

Iqtibos
34-savol:   XV asrda Parij shahri 3 qismga bo’lingan. 1 — Sobor, 2 — Luvr. 3 — qism    qanday nomlangan?

Universitet

Iqtibos
35-savol:   85 yoshdagi mashhur Akademik uylanmoqda. U o’z to’yida qadah so’zi aytmoqda: "œSevgi misoli ummon. Men uningsiz yasholmayman. Uni sevdim va bundan uyalmayman". Bu kimning to’yi edi?

Mashhur dengizchi-sayyoh Jak iv Kusto

Iqtibos
33-savol:   Yevropa politsiyasi bronjeletni ekstremestik harakatlarda, ish tashlashlar vaqtida va har hafta bir joyga borganda kiyishadi. Savol, yana qayerga borganda ular bronjelet kiyib olishadi?

Futbolda bo'lsa kerak.

Iqtibos
37-savol:   1996-yilning Fevral oyida "USA Today" degan gazeta bir insonni portretini "Insoniyat uchun turib bera oladimi?"  degan sarlavha bilan bosib chiqardi. Savol, kimning portreti chop etilgan edi?

Garri Kasparov komputerga qarshgi o'ynagan.

Iqtibos
40-savol:   Fransuz yozuvchisi Viktor Gyugo, bir kitob yozdi va ingliz tiliga tarjima qildirib Britaniyaga sotuvga qo'ydi, biroz vaqt o’tgach, sotuv qanday ketayotganini tekshirish maqsadida kitob sotuvchiga xat yozdi va o'z xatida sotuvchining intellektual salohiyatini ham tekshirib ko’rmoqchi bo'ldi, xatni kod orqali yozdi, shundan keyin kitob sotuvchi ham Viktor Gyugodan qolishmagan holda, kitobning juda yaxshi sotilayotganini aytib javobini kodli tarzda qaytardi, uning xati birgina "!" belgisidan iborat edi. Viktor Gyugoning xati qanday bo’lgan?

Viktor Gyugo ishlar qanday ketyapti deb, "?" (so'roq belgisi)ni jo'natgan. Sotuvchi esa, zor degan ma'noda "!" deb yozgan.

Qayd etilgan


Y_U_R_I_S_T  07 Mart 2008, 12:04:31

Off: Mulohaza o'rnida shuni ta'kidlab o'tishim joizki, AbdulAzizning javoblariga qoyil qolayapman. Ularning javoblari ba'zida menda yozilgan javoblarga xatto so'zma-so'z tushmoqda. Savolni birga tuzmaganmidik mabodo deb o'ylanib ham qolayapman :7

Ilmingizga qoyilman! Olloh o'zi rivoj bersin. Qolganlarni ham javoblarini kutib qolaman. Sizga maslahat, ba'zi savollarga diqqat bilan e'tibor bering. Juda ham yaqin kelgansiz, ammo savol sal boshqacharoq.

Qayd etilgan


AbdulAziz  07 Mart 2008, 12:21:15

Iqtibos
12-savol: Xitoyda u boylik ramzi, Misrda o’lim va ruh ramzi sifatida qarashgan. Gretsiyada esa uni o’lchov asboblariga tasvirlashgan va u savdoda halollik belgisi bo’lgan. U xozir bir o’yinning ramzi. Xo’sh bu qaysi o’yin?

Nima? Qachon? Qayerda?

Iqtibos
34-savol:   XV asrda Parij shahri 3 qismga bo’lingan. 1 — Sobor, 2 — Luvr. 3 — qism    qanday nomlangan?

Ratusha

27, 30, 31-savollarga javobim to'grimi? 34 -chi? (avvalgi javob Universitet edi)

Qayd etilgan


Y_U_R_I_S_T  07 Mart 2008, 14:10:25

Iqtibos
12-savol: Xitoyda u boylik ramzi, Misrda o’lim va ruh ramzi sifatida qarashgan. Gretsiyada esa uni o’lchov asboblariga tasvirlashgan va u savdoda halollik belgisi bo’lgan. U xozir bir o’yinning ramzi. Xo’sh bu qaysi o’yin?

Nima? Qachon? Qayerda?

Iqtibos
34-savol:   XV asrda Parij shahri 3 qismga bo’lingan. 1 — Sobor, 2 — Luvr. 3 — qism    qanday nomlangan?

Ratusha

27, 30, 31-savollarga javobim to'grimi? 34 -chi? (avvalgi javob Universitet edi)

Men barcha javoblarga iqtibos qilaverib mulohazalar sonini ko'paytirmaslik uchun maxsus oyna ochganman. O'sha yerda sizning javobingiz to'g'riligi haqida hech narsa bo'lmasa demak noto'g'ri yoki to'liq  emas. Bu ayniqsa sizga tegishli. O'sha javoblar to'liq emas.

12-savolga bergan javobiz to'g'ri.

Qayd etilgan


otabek80  08 Mart 2008, 19:00:50

9-savol: Yaqinda TNT kanali orqali efirga uzatilgan "œTaksi" ko’rsatuvining 1 sonida "œQiyin savollar" toifasi bo’yicha berilgan savoldan na’muna:
Savol quyidagicha: "œIshonish qiyin bo’lsa ham uning ko’zi ko’rmas bo’lgan ekan. Bu to’g’rimi?"
Yo’lovchilar esa uzoq o’ylab "œHa" deb javob berishdi. Shunda boshlovchi ham "œU qanaqasiga ko’r bo’lishi mumkin?" deb javob noto’g’riligini e’tirof etdi. Agar savolda aytilgan shaxsning millati yapon bo’lsa, unda menga uning to’liq ismini va kasbini ayting.

Irina Hakamadamasmikan, deputat.




 10-savol: Shveytsariyada nodir va eski kitoblar sotiluvchi magazin mavjud.(bukinistlar magazini) Uning boshqalaridan farqli tomoni kitoblar og’irligiga qarab sotiladi va narxlanadi. Siz endi menga aytingchi, xaridorlar qanday mahsulotlarni bu magazindan chegirma asosida xarid qilishi mumkin?

2 tomdan ko’p bo’gan kitoblarni bo’lsa kerak.




14-savol: O O T T F F S S ........
Bu xarflar ro’yxatida qaysi xarf ortiqcha va nima uchun?

1 yoki 2-harflardan biri ortiqcha. Bu yerda sonlarni ingliz tilida bosh harflari yozilgan.




16-savol: 1970 yillari SSSRda ishlab chiqarilayotgan konservalarning ustiga ma’lum bir harflar yozim qo’yilgan. Masalan: "œA", "œБ" va h.k. Mantiqiy o’ylagan holda bu harflarning eng oxirgisi qaysi va bu qanday ma’noni bildirishini ayting

U paytlarda rejalashtirish avjiga chiqqanini hisobga olsak, Manimcha "œЛ", bula 15 ta respublikaga mo’ljallangan.




21-savol: Shimoliy Amerika hindulari uchun u uy, idish-tovoq, qurol, oziq-ovqat, kiyim-kechak vazifani o’tagan. Savol, u nima?

Kakos darahti.




23-savol: AQShda u  o.k.y., Yaponiyada  y.o.k., bizda esa  k.o.y. ko’rinishida. Savol, gap nima haqida ketmoqda?

Sana




27-savol: Bu ro’yxat boshida  Indoneziya turadi. 2-o’rinda Yaponiya. 3-o’rinda 2000 yilgacha Buyuk Britaniya turgan. Xozir Filippin 3-o’ringa ko’tarilib olgan. Savol, bu ro’yxat nimaga qarab tuzilgan?

Orollar soni bo’yicha.




28-savol: Narshaxiyning ma’lumotiga ko’ra arablar istilo qilgan hudud aholisi arablardan moddiy manfaatdor bo’lishgan. Arablar mazkur hudud aholisiga bir ishc

Manimcha namozni jamoat bilan o’qiganlarga.


Qayd etilgan


messi44  09 Mart 2008, 09:41:18

28-savol: Narshaxiyning ma’lumotiga ko’ra arablar istilo qilgan hudud aholisi arablardan moddiy manfaatdor bo’lishgan. Arablar mazkur hudud aholisiga bir ishlari uchun 2 dirxamdan berishgan. Qanday ish evaziga? Islom dinini qabul qilishsa

36-savol: Amerika shifokorlari televizorning insonlarga salbiy ta’siri to’g’risida tajribalar o’tkazdi. Ularning aniqlashicha televizor yonida ko’p o’tirish ko’z kasalliklarini keltirib chiqara ekan. Ular bu holat yana bir mintaqaga xos bo’lgan kasallikni keltirib chiqarmoqda deya ma’lumot berishdi. Bu qanday kasallik?Semizlik

Qayd etilgan


Abdusalom  09 Mart 2008, 17:36:20

Men barcha javoblarga iqtibos qilaverib mulohazalar sonini ko'paytirmaslik uchun maxsus oyna ochganman. O'sha yerda sizning javobingiz to'g'riligi haqida hech narsa bo'lmasa demak noto'g'ri yoki to'liq  emas. Bu ayniqsa sizga tegishli. O'sha javoblar to'liq emas.

Noto'gri va to'liq bo'lmagan savollarga biroz izoh berib o'tsangiz yaxshi bo'lardi.
Chunki chalkashlik bo'lmas edi. Masalan, javob bersangiz-u, biroz yaqin kelishingiz mumkin.
Sizning izohingiz esa javob topishga yordam berishi mumkin.

Qayd etilgan


Abdusalom  09 Mart 2008, 17:56:29

Iqtibos
2-savol:  Mallarang bo’yoq, ya’ni sepiya, xozir asosan sintetik(sun’iy) yo’l bilan olinadi. Ammo tabiiy bo’yoq ancha taniqroq va sifatliroq. Bu bo’yoq tabiiy usulda bir jonzotdan olinadi. Siz uni topishingiz uchun mashhur bir musobaqani esga olishingiz kifoya. Menga o’sha bo’yoqning tabiiy manbasini yozib bering.

6-savol:  Qaysi qurol o’z nomini inglizcha "œaylantirmoq" so’zidan olgan?

18-savol:  Ularning soni hozirgi zamon olimlari tomonidan 54-58 deb aytiladi. Gap shundaki ularning ko’rinishlari har xil, hatto ba’zilarining chegarasi yo’q. Ulug’ bobomiz Abu Rayxon Beruniy ularning nechtasini bilganini bilmadiku, lekin qadimgi yunonlarga ularning 7 tasi ma’lum bo’lgan. Gap nima haqida ketmoqda?

30-savol:  Ularning birinchisi yevrey, keyingilari yunon, italyan, fransuz, ingliz, portugal, ispan. Menga bularning xozirgisi va undan oldingisini nomma-nom ayting.

34-savol:   XV asrda Parij shahri 3 qismga bo’lingan. 1 — Sobor, 2 — Luvr. 3 — qism    qanday nomlangan?

2. Каракатияа (Vrungelkning sarguzashtlari)

6. Kerling.

18. Yulduz sistemalari

30. Apostollar (ya'ni Rim papalari) - Polyak (oldingisi) - Ioann Pavel II; nemis Benedikt XVI

34. Sorbonna

Qayd etilgan