Ziyo-Uz BukToPuHaCu  ( 2429786 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 361 362 363 364 365 366 367 368 369 370 371 ... 500 B


Mahdiyah  31 Dekabr 2009, 10:22:18

39. Rasululloh SAVning Makkai mukarramadagi muazzinlari kim edi?

Adashmasam Abu Munzir edi

Qayd etilgan


Mahdiyah  31 Dekabr 2009, 10:24:20

40. "œIkki qanotli" nomini olgan sahoba kim edi?

Sa'd ibn Abu Vaqqos adashmasam

Qayd etilgan


Musannif Adham  31 Dekabr 2009, 10:54:16

Javobi topilmagan savollar:

29. Imom Abu Hanifa qaysi sahobalar bilan uchrashganlar?


Ali ibn Abu Tolib roziyallohu 'anhu bilan 5-6 yoshlarida uchrashganlar. Adashmasam, yana bir sahoba bilan uchrashganlar. Lekin ismi yodimda yo'q.

Ali ibn Abu Tolib roziyallohu anhu bilan uchrashganliklarini biror kishi aytgan emas, bu bo'lishi ham mumkin emas. Chunki, imom Abu Hanifa 80-yilda tug'ilganlar, hazrat Ali esa 40-yilda shahid bo'lganlar. To'g'rirog'i siz Anas ibn Molik roziyallohu anhuni aytmoqchi bo'lgan bo'lsangiz kerak, u kishi 93-yilda vafot qilganlar. Iroqqa borganliklarida imom Abu Hanifa u kishini ko'rganliklari naql qilinadi.
U kishidan tashqari ba'zi umri uzun bo'lgan sahobalarni ko'rganliklari haqida (masalan, Abdulloh ibn Horis ibn Jaz' roziyallohu anhuni) naqllar bor, lekin bular ishonchli (maqbul) sanadlar bilan kelmagan. Kishirning bir sahobiyni bo'lsada ko'rib qolishi uning tobeiy bo'lishiga kifoya qiladi.


Assalomu Alaykum.

Rahmat, Shokirbek aka, xatoimni to'g'irlaganingiz uchun. Men bir kitobda Ali roziyallohu 'anhu Kufaga borganlarida Abu Hanifaning otalari Sobitni yosh bolalik paytida duo qilganlari haqida o'qigan edim. Ana shuni adashtirib yuboribman. Yana bir bor rahmat.

Alloh rozi bo'lsin.

Qayd etilgan


Musannif Adham  31 Dekabr 2009, 10:57:57

40. "œIkki qanotli" nomini olgan sahoba kim edi?

Ja'far ibn Abu Tolib roziyallohu 'anhu. U kishi Mu'ta jangida shahid bo'lganlar.

Qayd etilgan


Mahdiyah  31 Dekabr 2009, 11:03:51

Javobi topilmagan savollar:

34. Rasululloh SAVning nevaralari, Zaynab r.a.ning qizlari ismi nima edi?

Umoma roziyallohu anho

Qayd etilgan


Mahdiyah  31 Dekabr 2009, 11:07:58

40. "œIkki qanotli" nomini olgan sahoba kim edi?

Ja'far ibn Abu Tolib roziyallohu 'anhu. U kishi Mu'ta jangida shahid bo'lganlar.

Ha man adasibman uzr. :)
Rasululloh  :sw: "Men Ja’farni jannatda ko’rdim, Uning ikkita qanoti bor edi. Old tarafdagi patlari qip-qizil qonga bo’yalgan edi", - dedilar.

Qayd etilgan


AbdulAziz  31 Dekabr 2009, 11:11:30

40. "œIkki qanotli" nomini olgan sahoba kim edi?

Sa'd ibn Abu Vaqqos adashmasam

Ikki savolda ham adashdingiz.

Qayd etilgan


Mahdiyah  31 Dekabr 2009, 11:20:18

39. Rasululloh SAVning Makkai mukarramadagi muazzinlari kim edi?

Abu Mahzura

Qayd etilgan


AbdulAziz  31 Dekabr 2009, 11:31:23

Yangi savollar:

41. Rasululloh SAV kimga «Sening (qiyofang va xulqing) mening qiyofam va xulqimga o’xshaydi»  deb aytganlar?

Qayd etilgan


Mahdiyah  31 Dekabr 2009, 11:33:54

Biz da ham savollar bor...

1. Rasululloh  :sw:: "... - jannat yigitlarining sayyididir", deb ta'rif bergan, Ul zot bilan bir paytda, bir oilada tug'ilgan sahoba?

2. Islom kelganida ilk iymon keltirgan sahobalardan, "Men yetti kun davomida islomning uchdan bir qismini tashkil qilib turdim" deb aytgan sahoba kim?

3. "Payg’ambar sirining sohibi" deya ta'riflangan sahoba?

4. Isfahonning Jabbon deb ataladigan qishlog’ida tug'ilgan sahoba?

Qayd etilgan