Ziyo-Uz BukToPuHaCu  ( 2429882 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 390 391 392 393 394 395 396 397 398 399 400 ... 500 B


Muslimа  12 Yanvar 2010, 12:25:48

3. Qur’oni Karimning nechta joyida sajda oyatlari mavjud? Ular qaysi suralarda keladi?
Adashmasam 14 joyida kelgan.
Esda qolganlari: Naml, Furqon, Sajda, Inshiqoq, `Alaq.

To'g'ri 14 joyda kelgan, lekin suralar nomini to'liq yozmabsiz.

Qayd etilgan


Muslimа  12 Yanvar 2010, 12:30:33

6. Payg’ambarimiz Rasululloh SAW Madinada qancha vaqt yashaganlar?

10 yil.

Javob noto'g'ri, siz aytgan vaqtdan sal kamroq. To'g'ri javobni topishga harakat qilib ko'ring.

Qayd etilgan


Muslimа  12 Yanvar 2010, 12:36:40

138. Rasululloh SAV: "œSizlarning menga tezroq yetib oladiganlaringiz qo’li uzuningizdir", deganlarida kimni nazarda tutganlar?

Zaynab binti Jahsh r.a.

Oysha r.a. dan rivoyat qilinadi: Rasululloh :sw: : ""œSizlarning menga tezroq yetib oladiganlaringiz qo’li uzuningizdir", dedilar. (U zotning ayollari) qaysilarining qo'li uzunligini o'lchab ko'rishar edilar. Ichimizda eng qo'li uzunimiz Zaynab edi. Chunki u o'z qo'li bilan ish qilib sadaqa qilar edi. (Imom Muslim va Buxory rivoyat qilishgan).

P.S. 129-savolga javob topilgandi.

Qayd etilgan


AbdulAziz  12 Yanvar 2010, 13:32:38

Iqtibos
139. Payg’ambar SAV vafot etganlarida u zotning nechta xotinlari bor edi?

7 ta

Noto'g'ri.

Qayd etilgan


Muhseena  12 Yanvar 2010, 20:16:31

139. Payg’ambar SAV vafot etganlarida u zotning nechta xotinlari bor edi?
9ta edi, wallohu a'lam

Qayd etilgan


AbdulAziz  13 Yanvar 2010, 07:37:51

139. Payg’ambar SAV vafot etganlarida u zotning nechta xotinlari bor edi?
9ta edi, wallohu a'lam

Payg’ambar SAV vafot etganlarida u zotning 9 ta xotinlari bor edi. (Imom Nasaiy rivoyati)

Ma'lumki, Rasululloh SAV uylangan mo'minlar onalari 11 ta edilar.
Ulardan Hadicha onamiz va Zaynab binti Huzayma onamiz u zotdan avval vafot topganlar.
Rasululloh s.a.v. vafot etganlarida esa hayot bo'lgan onalarimiz 9 ta edilar:
1. Savda onamiz
2. Oyisha onamiz
3. Hafsa onamiz
4. Ummu Salama onamiz
5. Zaynab binti Jahsh onamiz
6. Juvayriya onamiz
7. Sofiya onamiz
8. Ummu Habiba onamiz
9. Maymuna onamiz

Qayd etilgan


AbdulAziz  13 Yanvar 2010, 07:45:13

Yordam:

132. Ja’far ibn Abu Tolib boshliq muhojirlar Habashistonda necha yil istiqomat qilishdi?

Ja’far ibn Abu Tolib boshliq muhojirlar Habashistonga hijratdan 8 yilcha oldin ketishgan edi.

135. O’z mahriga Islomni qabul qilgan birinchi ayol kim?

Bu muhtarama Anas ibn Molikning onalario. Ismlarini toping.

136. Madinaga birinchi hijrat qilgan musulmon kim?

Bu zot mo'minlar onasining akalaridir.

140. Makkada musulmon ota-onadan tug’ilgan birinchi farzand kim?

Otasi ham, onasi ham Rasulullohga yaqin xizmatda bo'lgan zotlar edi.

Qayd etilgan


Musannif Adham  13 Yanvar 2010, 10:51:40

Yordam:

132. Ja’far ibn Abu Tolib boshliq muhojirlar Habashistonda necha yil istiqomat qilishdi?

Ja’far ibn Abu Tolib boshliq muhojirlar Habashistonga hijratdan 8 yilcha oldin ketishgan edi.


Xaybar g'azoti hijriy 7-yilda bo'lgan demak ikklasini qo'shganda 15 yil turishgan bo'ladi.

Qayd etilgan


Musannif Adham  13 Yanvar 2010, 10:55:26

Yordam:

135. O’z mahriga Islomni qabul qilgan birinchi ayol kim?

Bu muhtarama Anas ibn Molikning onalario. Ismlarini toping.


Ummu Sulaym roziyallohu 'anhu

Qayd etilgan


Musannif Adham  13 Yanvar 2010, 10:58:42

Yordam:


136. Madinaga birinchi hijrat qilgan musulmon kim?

Bu zot mo'minlar onasining akalaridir.


Abdulloh ibn Jahsh roziyallohu 'anhu bo'lsa kerak.

Qayd etilgan