Rasululloh s.a.v. qaysi sahobiyning boldirlari qiyomat kunida
Uhud tog'idan ham og'irroq tosh bosishini aytganlar?
Bu qaysi voqea bilan bog'liq?
Assalamu alaykum.
Garchi hozir oramizda Shahina bo'lmasalar ham, bu savolni ancha oldin bergan bo'lsalar ham, bu haqida ma'lumot topganimdan keyin, buni sizlargan ilindim.
Bizga ma'lumki, Abdulloh ibn Mas'ud juda ham kichik, ozg'in, bo'yi past edi. Bir kuni Rasululloh s.a.v.ga meva terish uchun daraxtga chiqqanida sahobalar uning ingichka boldirlarini ko'rib kulib yuborishdi. SHunda Rasululloh s.a.v. ularga:"Ibn Mas'udning boldirlaridan kulyapsizlarmi, xolbuki, bu boldirlar Allohning xuzuridagi mazonda Uhud tog'idan ham vazminroqdir", dedilar.