Ziyo-Uz BukToPuHaCu  ( 2429967 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 162 163 164 165 166 167 168 169 170 171 172 ... 500 B


Munira xonim  04 Sentyabr 2007, 09:01:27

Hamza ibn Abdumutallibning r.a. qotili kim bo'lgan?
Va bu qotil kimning quli bo'lgan?
Hamza ibn Abdulmuttolibni qotillari ismi Vaxshiy bo'lib u Quraysh raislaridan biri Jubayr ibn Mut'imning quli edi.

Javob to'g'ri.
Alloh ilmingizni ziyoda qilsin.

Qayd etilgan


Munira xonim  04 Sentyabr 2007, 09:02:05

Umar ibn Xattob r.a:"Ilmga liq to'la ko'zacha", degan ta'rifni qaysi sahobiyga nisbatan aytganlar?

Agar adashmasam Abdulloh ibn Abbos.

Afsuski, javob noto'g'ri.

Qayd etilgan


Munira xonim  04 Sentyabr 2007, 09:06:01

Rasululloh s.a.v. bir sahobiy shahid bo'lganida, unga 70 marta janoza o'qiganlar.
Bu sahobiy kim?
Uzr savolni tushunmadim iltimos aniqlik kiritsangiz.

Bu sahobiy bir g'azotda shahid bo'lganlaridan keyin, ularni janoza o'qish uchun olib kelishdi. Rasululloh s.a.v. unga janoza o'qidilar. Keyin yana bir shahidni olib kelib uni yoniga qo'ydilar. Rasululloh s.a.v. yana janoza o'qidilar. So'ng ikkinchi olib kelingan shahidni olib ketib, uning o'rniga boshqa bir shahidni olib kelishdi. Rasululloh s.a.v. yana janoza o'qidilar. Bu hol 70 marta qaytarildi. Birinchi janoza uchun olib kelingan shahid sahobiy oxirgi shahidning janozasida ham o'sha yerda turdi. Shunday qilib birinchi keltirilgan shahidga 70 marta janoza o'qilgan.

Qayd etilgan


Munira xonim  04 Sentyabr 2007, 09:06:46

Abu Bakr Siddiq r.a.ning qizlari Ummu Gulsum qaysi sahobiyning zavjasi bo'lgan?

Talha ibn Ubaydullohning.

Assalamu alaykum.
Javobingiz to'g'ri.
Alloh rozi bo'lsin.

Qayd etilgan


Munira xonim  04 Sentyabr 2007, 20:47:17

Javob berilmagan savollar.

Rasululloh s.a.v.ning vafotlaridan payg'ambarlikni da'vo qilgan Musaylama kazzobni kim o'ldirgan?

Umar ibn Xattob r.a:"Ilmga liq to'la ko'zacha", degan ta'rifni qaysi sahobiyga nisbatan aytganlar?

Qayd etilgan


Munira xonim  04 Sentyabr 2007, 20:47:56

Rasululloh s.a.v. bir sahobiy shahid bo'lganida, unga 70 marta janoza o'qiganlar.
Bu sahobiy kim?

Bu savollarga javob berishga harakat qilib ko'ring.

Qayd etilgan


Munira xonim  04 Sentyabr 2007, 20:49:18

Savollar.
Islom.


1. Hamza ibn Abdumutallibning r.a. kunyalari nima bo'lgan?

Qayd etilgan


Munira xonim  04 Sentyabr 2007, 20:52:51

 2. Rasululloh s.a.v.ning ashoblari orasidagi Qur'on hofizlari, bir hofizi Qur'onga:"Ichimizda Allohga eng yaqin bo'lgan hofizi Qur'on", deya ta'rif berishgan.
Bu ulug' baxtning sohibi qaysi sahobiy bo'lgan?

Qayd etilgan


Munira xonim  04 Sentyabr 2007, 20:57:14

3. "Uning Islomi fath, hijrati nusrat va amirligi rahmat bo'ldi".
Bu so'zlarni bir sahobiy boshqa bir sahobiyga nisbatan aytganlar.
Bu ikki sahobiyni toping.

Qayd etilgan


Munira xonim  04 Sentyabr 2007, 20:59:51

4. Rasululloh s.a.v. faqat bir sahobiyga:"Kunu tun, hohlagan vaqtingda mening xuzurimga kirishga senga ruxsat beraman", deb marhamat qilganlar.
Bu gapni qaysi sahobiyga aytganlar?

Qayd etilgan