Ziyo-Uz BukToPuHaCu  ( 2429751 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 221 222 223 224 225 226 227 228 229 230 231 ... 500 B


Muslimа  29 Noyabr 2007, 09:07:23

Qur’oni karimda 114 ta sura, 6236 ta oyat borligi ma’lum. Suralarning ba’zilari Makkai mukarramada va ba’zilari Madinai munavvarada nozil qilingan Makkada nechta sura va nechta oyat va Madinada nechta sura va nechta oyat nozil qilingan?

27 ta madaniy, 87 makkiy.

Savolni yaxshi tushunmabsiz. Savolda qancha makkiy va qancha madaniy sura bor dimadim. Makkada nechta sura va nechta oyat va Madinada nechta sura va nechta oyat nozil qilingan? deyilgan.
Iltimos aniqroq javob bersangiz.

Qayd etilgan


Muslimа  29 Noyabr 2007, 09:09:44

Janob Rasululloh sallallohu alayhi vassallam nozil bo’lgan oyatlarni o’z vaqtida yozib borib, kelgusida bir mukammal Mushafi Sharif sifatiga keltirish uchun sahobai kiromlardan to’rt kishini kotib qilib olgan ekanlar. Bu ulug’ ishni bajarish bahtiga muyassar bo’lgan sahobalar kimlar?

Abu Bakr, Umar, Usmon, Ali, Zayd ibn Sobit, Ubay ibn Ka’b...

Javobizdagi Ali ibn Abu Tolib; Ubay ibn Kayb; Zayd ibn Sobit (Alloh ul zotlardan rozi bo’lsin) larni to'g'ri aytgansiz, lekin yana bitta sahobani ismlari qolib ketgan. U zot kim?


Qayd etilgan


Muslimа  29 Noyabr 2007, 09:13:38

Ali karamullohu vajhahuning ikki tig’li, yani ayri qilichlari islom tarixida qanday nom olgan?

Zulfiqor


Javobiz to'g'ri.

P.S. Barcha to'g'ri javob berganlardan Alloh rozi bo'lsin! Alloh taolo barchamizni ilmimizni ziyoda qilsin! Ameen!

Qayd etilgan


Munira xonim  29 Noyabr 2007, 10:34:11

16. Rasululloh sav qo'shnilarining aziyatlaridan uzoq bo'lish uchun Arqam r.a. uyiga Nubuvvatning nechanchi yili ko'chib o'tganlar?

Nubuvvatning 5-yili.

Qayd etilgan


Munira xonim  29 Noyabr 2007, 10:35:06

18. Rasulullohga sav juda ko'p ozor bergan qo'shnilaridan qaysi biri keyinchalik Islomni qabul qilgan?

Hakam ibn Abul Os.

Qayd etilgan


Munira xonim  29 Noyabr 2007, 10:40:28

21. O'z ichida  eng ibratli qissalardan uchtasini  jamlagan Qur'oni karimdagi sura qaysi? Bu sura mushrikalrni payg'ambarimizni tang holga solish uchun topgan savollariga javob o'laroq nozil bo'lgan.
Va bu sura nubuvvatning nechanchi yili nozil bo'lgan.

Qayd etilgan


Munira xonim  29 Noyabr 2007, 10:41:24

22. Islom tarixidagi birinchi shahidlikka erishga Sumayya r.a. kim o'ldirgan?

Qayd etilgan


Munira xonim  29 Noyabr 2007, 10:42:24

23. Habashistonga qilingan birinchi hijratda nechta sahobiy, nechta ayol va nechta erkak ishtirok etgan?

Qayd etilgan


Munira xonim  29 Noyabr 2007, 10:44:43

24. Mushriklarning rahbarlari Abu tolibni oldiga kelib:"Ey Abu Tolib! Yo Muhammadning faoliyatini to'xtatasan yoki uni bizga topshirasan", deb tahdid solishgan. Bu voqea Makka davrining, ya'ni nubuvvatning nechanchi yili sodir bo'lgan?

Qayd etilgan


Munira xonim  29 Noyabr 2007, 10:48:11

25. Rasululloh sav oldilariga bir mushrik kelib:"Men Qur'oningga ham, Jaroil farishtangga ham ishonmayman", deb U muborak Zotga qo'l ko'taradi. Ko'ylaklarini yirtadi va yuzlariga tupuradi. Lekin tupuk u Zotning muborak yulariga tegmaydi. Shunda Rasululloh sav:"Ey Alloh! Uning ustiga itlaringdan birini yuborgin", deb uni duoyibad qiladilar.
O'sha mal'un kim edi? Va u qanday o'lim topgan?

Qayd etilgan