Aziz forumdoshlar, opa-singil, aka-ukalar. Eson-omonmisizlar:)
Biz ham alhamdulillah, duolaringiz soyasida yaxshi yuribmiz.
Meni yo'qlaganlarni Rabbim yo'qlasin iloyim.
Forumga kira olmaganimni sababini aytgandim registan ukamizga, Alloh rozi bo'lsin yetkazibdilar sizga:)
Avvalo "Qutlug' qon" romanini Turkchaga tarjimasi, qolaversa kichkintoyni mazasi bo'lmaganligi sabab bo'ldi saytga kira olmaganimga.
Xuddi bekorchi odamday tarjima olibman, Alloh uyaltirmasin:)
Lekin tarjima qiziqda xuddi matematikaga o'hshaydi, bazan oddiy so'zni topa olmay kun bo'yi o'ylanib yuraman, kallayam ishlamy qolgan ekan 10 oydan beri uxlamaganim uchun
"Hay o'g'lim kel, mana mana", Yo'lchi ketmonini ko'tarib dalaga chiqdi:) deb o'tyabdi vaqtam:)
Menga shaxsiyda xat yozganlarga javob yoza olmaganim uchun uzr, vaqt topishim bilan yozaman inshalloh.
Keyin forumga kirsam magnit ushlab qolaveradi-da, shuning uchun majburlab bo'lsa ham o'zimni to'htatib turibman eshikni tagida
Xullas kalom, azizlar, men salomatman, Abdulaziz Ensar ham yaxshi, katta yigit bo'lib 6 dona tishlari bilan ovqatlarni yeb, ayasini dod degizib yuribdi:)
Duolaringizda unutmaysiz, degan umiddaman:)
Barchangiz Allohga omonatsiz...