Assaomu alaykum.
Qarasam, forumda har kim turfa mavzularni boshlab berar ekan.
Navbatni menga berdinglar deb qabul qilgan holda, yangi mavzu ochmoqdaman.
Bu mavzuchaning sharti oddiy:
o'z boshingizdan o'tgan va sizni kuldirgan (xursand qilgan emas, balki kuldirgan) holatlarni bir-birimiz bilan baham ko'rishimiz.
O'zim boshlb bera qolay
Shanba kuni ishdan qaytayotib, avtobusga chiqdm. Odam o'ziga yarasha siqilinch. Gospitalniy bozordan bir bola chqdi. Ko'rinishidan va o'zini tutishidan uning viloyatdan kelgan talaba ekanligi ma'lum edi. Qo'lida smartfon telefon edi. ashula qo'yilgan, atrofdagilar bi-bir norozi ohangda qarab qo'yishar edi. Bitta joy bo'shagan edi, darhol o'tirib oldi. Ashulani o'chirishdan esa darak yo'q. 2 ashula tugadi, 3 siga navbat keldi, ammo u na telefonini pastlatdi, na atrofda birov indadi. Shu payt hayolimdan shu bolaning ta'zirini berish kerak degan fikr o'tdi. Sumkamda o'zimning naushnigim borligi esimga tushdi. Shun bersam, olmasa ham o'chirar, uning qilig'i madaniyatsizlik ekanligini tushunar degan hayolda edim. Lekin ikkilanar edim. Bola qabul qilmasachi, ortiqcha gap-so'z,....qisqasi, bu bola o'zi shu naushnigimga arziydimi?? degan savollar va andisha hech tinchlik bermas edi.
Unda hech bo'lmasa tanbeh berib, yoki biroz pasaytirib eshitishini aytmoqchi bo'lib, og'zini juftladimu, ungayam "dux" im yetmadi.
Mashinasozlar bekatidan tushayotganimda, "Alloh senga insof bersin" degan tilak bilan avtobusni tark etdim.
Bekatdan tushganima ikki hadis yodimga tushdi. Bular "Biror yomonlikka duch kelsangiz, uni qo'lingiz bilan qaytaring. Qo'lingiz bilan qaytara olmasangiz, tilingiz bilan, u bilan qaytara olasangiz qalbingiz bilan nafratlaning. Bu sizning iymoningizning eng zaifligidir" va "O'zingizga ravo ko'rgan narsangizni birodaringizga ravo ko'rmagungngizcha haqiqiy musulmon emassiz"mazmunidagi hadislar edi.
O'zimga o'zim savol berib kular edim: "Sanam musulmonsana?! Musulmon bo'lmay o'l:)
"