Assalomu aleykum ahli forum ishtirokchilari!!!
Men anchadan beri shu mavzuga post qoldirar ekanman de yurardim.
Yani biror kishi bilan uchrashganimdan keyingina post qoldirishim mumkin edi-da.
Ollohga bexisob xamdu-sanolar bo'lsinkim bu niyatimga mana bugun yetib turibman.
Boisi ushbu ulug' va muborak Jum'a kunida bir emas ikki emas to'rtta userlar bilan uchrashish
Ollohni rizoligi bilan nasib etdi ular Bahriddin aka (Chustiy), Muhammad Sohib aka, Abdulhafiz va Nodirshohlar.
Ular bilan 4 soat birga bo'ldigu, lekin shu 4 soat xuddi 4 minut o'tganday juda tez o'tib ketdi-da.
Ilohim keyingi diydor vaqti uzoqlashmasin.
Olloh hammalaridan rozi bo'lsin va qolganlar bilan xam diydor ko'rishishni nasib aylasin!!!(Omiyn)
Darhaqiqat, o'sha kungi uchrashuv mazza bo'ldi, diydor shirin deb shuni aytishadida dono halqimiz, Juma namozini birgalikda Namangan masjidlaridan birida ado qilib bo'lgach, hammamiz birgalikda Sardoba bozori yaqinidagi tamaddixonaga borib, dasturhon ustida (majoziy ma'noda) suhbatni davom ettirdik... O'sha yangi ochilgan tamaddixonada o'tirgandik, qarasam o'sha yerdagi oshpaz bollar o'zimizi bollar ekan, 3-4 yil oldin birga ishlagan bolla o'sha yerda yurishibti
forumchilar bilan uchrashuv bahonasida ular bilan ham uchrashib oldim
Muhammad Sohib Alloh rozi bo'lsin bizni mehmon qildilar.. IXLOS, Abulhafiz, Nodirshoh hamda Muhammad Sohib ajoyib forumdoshlar ekan, ming marta eshitgandan borib bir marta ko'rish keganila afzal.
Endi navbat Toshkentdagi forumdoshlar bilan bir yig'ilish qilmasak bo'lmaydi shekilli.... Lekin imkon topib albatta Farg'ona va Buhorogayam borishni va u yerdagi forumchilar bilan ham bir diydorlashib suhbatlashishni niyat qilib turibman inshaAllah niyatlar holis bo'lsa ajab emas...