Aksariyat hind filmlarini fantastikadan nima farqi bor bilasizlarmi? Farqi shuki, bu qalbiy fantastika. Maqsad odamlarni qalbini mast qilish, ayni aqli rivojlanishni boshlagan yoshlarni qalbiga "sevgi" degan "muqaddas" tuyg'uni jo qilish. Mana shu hind filmlarini ko'rib, bizda ham oshiq-mashuqar ko'payib ketgan, bu narsa oddiy hol bo'lib qolgan. Odamlar sevgini umuman boshqacha tushunadigan bo'lib qolgan. Sevgani tegib ketgani uchun o'zini osgan qancha odamlarni eshitganman, bularni ichida tanishlarim ham bor, kecha esa sevgan qizi tegib ketgani uchun alam ustida uchta qizga uylanib olgan bir yigitni eshitdim, afsuski o'sha tegib ketgan qiz menga butunlay begona emas edi. Alloh taolo aytadi:
"Odamlar orasida shunday kimsalar borki, ular o‘zgalarni Allohga teng bilib, ularni Allohni sevgandek sevadilar. Iymonli kishilarning Allohga bo‘lgan muhabbatlari qattiqroqdir. Bunday zolimlar azobga ro‘baro‘ bo‘ladigan zamonlarida (qiyomat kunida) butun kuch-qudrat Allohniki bo‘lishini va Allohning azobi qattiq azob ekanini bilsalar edi." (Baqara, 165)
E'tibor bering "...ular o‘zgalarni Allohga teng bilib, ularni Allohni sevgandek sevadilar...". Bugun o'zlaricha indiski bo'lib sevishib yurganlar huddi "Telba" kinosidagidek telba bo'lib qolishmadimi? Xo'sh kinolar bizga nima beryabdi? Aroq odamniy aqlini mast qilsa, bu yolg'onchi shaytoniy sevgilar qalblarni mast qilib qo'ydi. Allohdan qo'rqaylik, zora Allohning bizga rahmi kelsa...