* Rossiyada 1 million 200 ming katayu kichik amaldorlar bor. Shundan davlat ijro hokimiyati bo‘g‘inlarida 1 million, sud va prokuratura idoralarida 160 ming kishi, qonunchilik sohasida esa 23 ming kishi ishlaydi. Faqat Moskva shahrining o‘zida hokimiyat organlarida 38 ming kishi faoliyat ko‘rsatadi.
* Choy bundan 2000 yil muqaddam Xitoyda paydo bo‘lgan. U haqidagi birinchi kitobni milodning 780 yilida mash¬hur Xitoy adibi Lu Yuy yozgan. «Chatszin» deb nomlangan bu asarda choy yetishtirish, tayyorlash va iste’mol qilish usullari haqida hikoya qilinadi. O‘zbekcha «choy» so‘zi ham xitoycha «cha» so‘zidan kelib chiqqan. Darvoqe, choy tayyorlashni alohida marosimga aylantirib yuborgan yaponlar uning «qora»sini «kocha», «ko‘k»ini esa «ocha» deb atashadi.