Keyin bu yaxshi ko‘rishning kattaligini, darajasini ko‘rsatish uchun yoniga yozilgan qo‘llar va ularga mehr bilan qarab qolgan ko‘zlar...
Bu ko‘zlarning sohibi, bolalarining boshqa bolalardan kam emasligi, past kelmaslik kerakligini, ba’zi o‘zini bilmaganlar: «Ha, endi, nima bo‘lardi, yetim shunday bo‘ladida!» —demasliklari uchun butun kuch-kuvvati va g‘ayratini sarflar, xar ikkisini ham gulday toza qilib tashqari chiqarardi. Uyda ham kundalik ishlaridan tashqari, ularni o‘ynatar, qo‘ngil ochishlarini tartibga solib borardi.
Odilbek hayotidan mamnun ko‘rinardi. Ko‘rinadi emas, xaqiqatan mamnun. Chunki Fotima o‘gay ona emas, o‘z onalariday bolalarga talabchanlik va mehr bilan qaramokda. Endi bolalar uzoq davom etgan dardli hayotdan forig‘ bo‘ldilar. Odilbek azonda uydan xavotirsiz, xotirjam chiqadi. Ishiga ko‘nglida rohat, qalbida xuzur bilan keladi. Buyuk falokat o‘rniga saodat kelganini,tushida ko‘rganlari tush bo‘lib qolganini anglagan va shukr aytgan bir qul qay axvolda bo‘lsa, Odilbek ham shu holda. Go‘daklariga boqib rahmatlidan bir omonat ekanini, birga achchiq-chuchuk kunlarni kechirgan xotinini xotirlaydi. Ba’zan charchagan paytlarida: «Fotima!» deyish o‘rniga «Xayriya» deb yuboray deydiyu, aqlini yig‘ishtirib oladi. Ba’zan uyqu aralash yonidaga Fotimani Xayriya deb o‘ylab ko‘yardi. Xavfli tomoni shunda ediki, uyku aralash og‘zidan uning ismi chiqib ketishi mumkin edi. Unda Fotimaxonim o‘zini yaxshi ko‘rmasligini, hanuz u Xayriyaga bog‘liq ekanini o‘ylab qolishi mumkin. Buning oqibati yaxshi deb bo‘lmaydi. Qaysi erkak uylangan xotinini avvalgi eridan so‘z ochishini, ochganda ham unga bog‘lanib qolganini eshitishni istaydi?