Assalomu alaykum!
Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqqan holda, men ham o`z fikrimni bildirmoqchiman.
Menimcha bu yerda oilaning ahamiyati juda katta. Yosh qiz bola yoki bolaga UYATni oila o`rgatadi. Biror narsaning uyatligi u uchun oilasida olgan tarbiyaga bog`liq.
Shim yoki shunga o`xshash bema'ni kiyimni birinchi marta kiyganda sal bo`lsayam o`zini o`ng`aysiz sezgan, buni ko`chada kiyib yurishdan uyalgan qizning oilasidagi tarbiya sustroq.
Shunaqa kiyimni havas bilan kiygan qizning oilasi iymoniga putur ketgan. Chunki, ota-onalari ham nima mumkinu, nima mumkinmasligini esidan chiqarib qo`ygan. Ular o`zlariga qo`shib qizlari, kelajakda esa qizining farzandlari va butun avlodga choh qaziyotganlarini bilmaydilar.
Yana bir guruh borki, bu kabi qizlarga oilasida shim kiyma deyilmagan, lekin ular o`zlari buni bilishadi. Ota-onasi kiyishga ixtiyor berishsa ham kiymaydigan qizlarning oilasi obod bo`ladi.
Keyingisi esa, oiladagi tarbiya shu darajada bo`lganki, shim kiyish haqida o`ylab ham ko`rmaganlar. Ular ochiq-sochiq, tor kiyimlardan xazar qilishadi.
Hamma holda ham muammo ildizi ota-onaning iymoni sustligiga borib taqalyapti. Ko`proq, otaning sustligiga.
Muhit(zamon) masalasiga kelsak. Menimcha, bu yerda muhitning ham, zamonning ham aybi yo`q. Shunchalik ham axmoq xalq bo`lamizmi, kim nima olib kirsa o`shani "o`zimizniki" qilib olaveradigan(ayrimlar uchun)?
Hozir hech qaysi ota-ona haqiqatni izlamaydi. Xo`p, shu shim kiyish to`g`ri yoki noto`g`riligi haqida oilada munozara boshlandimi, biror masjid yoki madrasadan shu savol javobini izlasa bo`ladiku? Hech bo`lmasa diniy kitoblarimiz bor.
Yana bir gap: Ertaga xotinlarimiz yoki qizlarimiz shu alfozda kiyinishga qarshi chiqsak, bizni "FEODALLIK"da ayblab turishmasa bo`lgani.
YIGITLAR KO`ZLARNI KATTAROQ OCHING: IYMONLI QIZLAR TANQISLIGI DAVRI BOSHLANYAPTI!!!
AYOLINGIZ YOKI QIZINGIZGA HAMMA NARSAGA RUXSAT BERIB SHU TANQISLIKKA HISSA QO`SHMANGLAR, ILTIMOS!!!