Asosiy voqealar tafsilotini
Mirolim yozibdilar. Ba'zi qolib ketgan daqiq nuqtalarni men eslatib o'tsam:
- Suhbatimiz mavzusi asosan futbol, Farg'ona taassurotlari, uylanganlar va uylanmaganlar haqida bo'ldi.
- Mirolimning Farg'ona shahriga birinchi tashrifi ekan.
- Farg'ona bog'ida Muhammad Sohib bo'yi va vaznini o'lchatdi. Aytishiga qaraganda uylangandan so'ng 8 kiloga semirganmish. Yana uylanishidan oldingi bosh og'riq dardi uylanishi bilanoq qolib ketganmish. Xullasi kalom, uylaninglar bollar.
- Muhammad Sohib balandlikdan qo'rqar ekan. Avvaliga katta charxpalakka chiqishdan cho'chigan Sohibni tagidan katta soy o'tgan osma ko'prik qimirlaganda ko'radigan ekansiz.
- Bilmasdan Qirg'iziston chegarasini bosib qo'yibmiz. Yaxshiyam kamera nimaligini yaxshi tushunishmas ekan. Yaxshi gaplashib orqaga qaytaverdik.
- Vodildan ikki soy oqib o'tadi. Ikkisi ham bir-biridan go'zal. Avval Oqsuv, so'ng Shohimardonsoy nomi bilan Vodilga kelib, Marg'ilonsoyga aylanadigan soyning suvida hech birimizga 1 minutdan ortiq turish nasib etmadi. Tezda Javikni esladik. Axir u shu soyda cho'milmoqchi edi-da.
Ushbu chinorning yoshi 1136 ekan. "Sharq chinori" deb nomlanarkan. Uning diametri qariyb 20 metrga teng. "Sharq chinori" Farg'ona tumani, Vodil qishlog'idagi Chinortagi istirohat bog'ida joylashgan.
Chinor ostidagi duel