AbdulAziz:Avvalo assalomu alaykum SamO!
Forumimizga xush kelibsiz. Bundan keyin ham fikrlaringiz bilan istirok etib, eng faol forumchilardan biriga aylanasiz degan umiddaman.
4. Inson boshqalarni firkrida yahshaydi ayrim hollarda. shulardan forig bolib hulosa qilasiz
Gaplaringizga qo`shilaman. Ba'zilarning o`z mustaqil fikrlari bo`lmaydi yoki birovlarning fikrini har doim ham qabul qilaverishadi va shu bilan cheklanib qolishadi. O`qishga kirish ham shunaqa jiddiy masalalardan. Hozirgi paytda o`qishga kirishda TAVAKKALCHILIK ketymaydi. Chunki o`qishga topshirayotgan intellektlar judayam ko`p. Ular orasidan sara bo`lish tavakkal yoxud birovlarning xom-hayoillari bilan bo`lmaydi. Bunda ilmga intilish, o`z ustida mudom ishlash va mehnat talab qilinadi. Albatta, qing`ir yo`llari ham bor. Lekin bu yo`llarga aqli bor insonlar qadam qo`ymaydilar degan umiddamiz.
endi ayrim maslahatlar
1. Insonlar maslahat sorashadi songra bahslashadi(bu maslahatni oqish, ish kabi narsalarga yuzlantirgan maqul, diniy muqaddasotlarga yonaltirilsa muammolar yahshaydi inson)
Haq gaplar. Diniy mas'alalarda bahs olib borishni ulamolarimiz ma'qullamaganlar. Bundan ko`ra boshqa hal qilinmog`i zarur bo`lgan amallar bilan shug`ullanishni maslahat berganlar. Zero, din tortishuv, bhs maydoni emas. Uning ikki asosi mavjud!
2. Kuchli va bahtli bolishga MAJBURMAN.
3. Har bir sohada USTAsi bolishim kerak
Inson o`z oldiga bir maqsad qo`ydimi, shu maqsad yo`lida olg`a intilmog`i harakat qilmog`i lozim. Bu yerda xolis niyat ham muhim o`rin tutadi. "Men eplay olaman", "qo`limdan keladi", "qo`rqish menga begona" kabi fikrlar bilan o`zini ishontirgan odam albatta maqsadga yetadi. O`qishga kirishda ham shu prinsipga amal qilgan muhim.
4. Tanlagan kasbni hayotim davomida SEVIB amalga oshirishim kerak.
Bu narsa ham judayam zarur masalalardan. Chunki inson agar o`z o`qishini, kasbini, sohasini sevmas ekan, undagi harakat ham, shijoat ham so`nib boraverdi. Olg`a intilish uchun esa siz ilmni seving, o`qib charchamang, bilimdan orqaga chekinmang, harakat qiling, inshoolloh albatta maqsadga erishasiz.
hozircha shu keyin davm etadi
Davomini biz ham kutib qolamiz.