SAVOL -Diniy adabiyotlarda o‘qishimizcha, har qanday qoziq tishli va tirnoqli hayvon harom, uning go‘shtini iste’mol qilish mumkin emas. Biroq o‘sha go‘shtni ko‘pchilik shifo maqsadida iste’mol qiladi. Masalan: tipratikan va ilon. Bu xususida shayx janoblari qanday fikrdalar?
JAVOB – Men bu savolga javob berishdan oldin savolning oxiridagi jumla «Bu xususida shayx janoblari qanday fikrdalar?» jumlaga izoh berib o‘tmoqchiman. Chunki bunga o‘xshash, xuddi shu ma’nodagi savollar ko‘proq kelmoqda. Albatta siz muhtaramlarning yuborayotgan savollaringiz dinimizning hukmlari, shariatimiz ahkomlari to‘g‘risida bo‘ladi. Albatta bu ma’nodagi Allohning hukmini, Payg‘ambar (s.a.v)ning aytgan hukmlarini, shariat buyruqlari, halol-harom va boshqa g‘a’rifdagi gaplarning hammasi bir kishining fikri bo‘lmaydi, balki bu Allohning hukmi bo‘ladi. Qur’onda kelgan, Payg‘ambar (s.a.v)ning sunnatlarida kelgan yoki mujtahid ulamolarimiz ijtihod qilgan, jamlangan, ijmo’ bo‘lgan narsa yoki qiyosdan topgan javoblar bo‘ladi. Bunda bir kishini fikri ma’nosini tushunmaslik kerak, balki dinning hukmi, islomning ko‘rsatmasi ma’nosini tushunmoq lozim. Bizning sizlarga berayotgan javobimiz ana o‘sha narsalarni savolga to‘g‘irlab, mana shuni o‘zimizning tilimizda ifoda qilishdan boshqa narsa bo‘lmaydi xolos. Bu bir kishining fikri emas, buni yaxshi tushunishimiz kerak. Endi «harom, ya’ni Alloh subhanu va taolo go‘shtini, yog‘ini, boshqa taraflarini iste’mol qilishni, yemoqni harom qilib qo‘ygan hayvonlardan dardga shifo bo‘lishi uchun davo tarzida iste’mol qilish mumkinmi?» degan savol bo‘lyapti. Bu ma’noni biladigan bo‘lsak albatta yaxshi anglab olishimiz kerakki Payg‘ambar (s.a.v)dan bir nechta hadislar vorid bo‘lgan, 6-7ta hadis vorid bo‘lganki undagi ma’no Payg‘ambar (s.a.v) ning mening ummatimga Alloh subhanu va taolo harom narsani shifo qilmagan, dngan ma’nor bilan chambar-chas bog‘ltqdir. Harom narsani oddiy holtda iste’mol qilib bo‘lmaganidek, bemorlik holatida ham iste’mol qilishga ruhsat yo‘q, umumiy qoida shundan iborat. Endi ba’zi-bir kasallarga, bemorlarga da’vo izlanadi tabiblardan, hoziq kishilardan tavsiya qilinadi, halol narsalar da’vo bo‘la olmaydigan bir holatga yetadi, hamma tarafdan urinib ko‘rdi, Halol narsalardan qilingan da’volarni iste’mol qilindi, lekin kasal tuzalmayapti. Ana shunday holda davom etaversa, kasalning tuzalmaslik xavfi bor, ziyoda bo‘lib ketishlik xavfi bor va bemor kishining ba’zi-bir a’zolarini mayib bo‘lib qolishi xavfi bor. Ana shunday paytda istisno tariqasida, jonni halokatdan saqlab qolish, biror a’zoni halokatdan saqlab qolish, mo‘min-musulmon insonning ana shunday qiyin bir holatdan chiqarish maqsadida, istisno tariqasida zaruriyat yuzasidan, harom narsalarni da’vo sifatida, dori sifatida ishlatishga ruhsat beriladi. Buning uchun esa mazkur harom narsadan boshqa narsa, o‘sha zikr qilinayotgan bemor uchun dard uchun da’vo bo‘la olmasligi, faqat shu narsagina da’vo bo‘lishini Hoziq ya’ni juda mohir imon e’tiqodli Allohga taqvo qiladigan shaxslar guvohlik berishi kerak. Hozirgi kunda bunday guvohlarni soni uchta bo‘limi kerak deyiladi. Ya’ni uchta hoziq, mo‘min-musulmon, taqvodor tabib kishi, falonchi bemorning falon dardiga mana bu narsadan boshqa narsa da’vo bo‘la olmaydi hozirgi kunda degan guvohlikni bersa, o‘sha narsa harom bo‘lsa ham. Ana shu dardni da’vosi uchun bo‘lgan hajmda iste’mol qilishga ruhsat bor. Kim ko‘ringanni gapiga kirib yoki o‘zicha tajriba qilib yoki falonchi menga o‘hshagan kasal bo‘lganida, falon harom narsani yeganida tuzalib ketgan ekan, degan hulosalar bilan harakat qilishga ruhsat yo‘q. Faqat «Hoziq» tabiblarning tavsiyasi bilan, halol narsadan da’vo izlab da’voni topa olmagan holda zaruriyatga tushib qolgan paytda, istisno tariqasidagina «harom» narsani da’vo uchun ishlatsa bo‘ladi.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf