Beshinchi ulki, zakotni sakkiz toifaga bergay. Bu sakkiz toifadan uch guruhi bizning zamonada kamroqdur: g‘oziylar, mualliful qulub va omil zakot. Ammo faqir, miskin va yetimlar (muhtoj musofir) va qarzdorlar borki, shu toifalarga zakot berish kerak.
Bu sakkiz toifaning sifati va siyratining bayoni:
Avval - faqirlarga. Dunyoliqdan hech narsasi bo‘lmasa faqirdur. Agar bir kunlik rizqi bo‘lib, usti-boshi but bo‘lsa - faqir emasdur. Agar yarim kunlik ro‘zonasi (rizqi) bo‘lsa, ko‘ylagi bo‘lib, dastori bo‘lmasa, va yo dastori bo‘lib, ko‘ylagi bo‘lmasa - faqirdur. Agar tolibi ilm bo‘lsa, kasbu hunarga mashg‘ulligi tahsiliga mone’ bo‘lsa - faqirdur.
Ikkinchi - miskinlardur, (xarajati kirimiga qaraganda) ziyoda bo‘lsa, garchi uy-joyi, egni but bo‘lsa, va lekin bir yilga yetarli ozig‘i bo‘lmasa miskindur. Ammo hojatidan ziyoda nimarsasi bo‘lsa miskin emasdur.
Uchinchi - ul toifaki, zakot molini g‘aniylardan olib jam’ qilib, darveshlarga berurlar. Bas, bu toifaning ajrini g‘aniylarning zakot molidan olib bermoq vojibdur.
To‘rtinchi - muallifatul-qulub. Islomiyat boshlarida musulmon bo‘lganlarga zakot molidan olib berur edilar, toki qOltanlar islomga rog‘ib va moyil bo‘lib, dini islomga kirgaylar.
Beshinchi - makotibdur. Masalan, qulning hojasi desaki, ikki yuz tanga pul topib bergil, seni ozod qilurman, desa, ul odamni makotib derlar.
Oltinchi - qarzdorlardurki (zakot puliga muhtojdurlar).
Yettinchi - g‘oziylardurki, fi sabililloh g‘azot qilgaylar.
Sakkizinchi - musofirdurki; zodi rohi (yo‘l ozig‘i) va ulov kirasi bo‘lmagay. Agar kishi men darvesh va miskin desa, yolg‘onchiligi ma’lum bo‘lmasa, so‘ziga e’timod qilib, ishonib zakot bermak durustdir. Musofir, g‘oziy safarva g‘azotdan to‘xtasa, miskin kishi bo‘lmasa, ularga zakot berish durust emasdur.
Izoh: Muallifatul-qulub - ilk islom davrida Qur’on hukmi bilan kofir kambag‘allarga ham zakot berilgan edi. Keyin bu oyat mansux - bekor bo‘lib, zakot faqat musulmonlarga berilgan. (Shamsiddin Somibek, Qomusul-a’lom.)