Jinoyatlar
(Hajda qilinishi taqiqlangan amallar)
Jinoyatlar:
a) ihrom talabini bajarmaganlik;
b) Harami Sharif hurmatini toptash sababli sodir bo‘ladi.
1. Agar farz tavofni tahoratsiz bajarsa, bitta qo‘y, junub holda bajarsa, bitta tuya so‘yishi vojib.
2. Vojib sunnat yo tavoflarni tahoratsiz qilsa, bitta fitr sadaqasi miqdorida sadaqa berishi, junub holda qilsa, bir qo‘y so‘yishi kerak bo‘ladi.
3. Ayol hayz yo nifos qoni to‘xtamay vojib va sunnat tavoflarni bajarsa, bir qo‘y, farz bo‘lgan tavofni bajarsa bir tuya so‘yadi.
4. Hayzda, nifosda yoki junub bo‘lib tavof qilgach, poklanib, g‘usl qilib, qaytadan tavof qilsa, lozim bo‘lgan jazo avf etiladi.
Tavofni istisno qilgan holda, hajning butun farz, vojib va sunnat amallarini junub, hayz va nifosli holda bajarish mumkin.