"va Alloh belgilab qo'ygan qonun-qoidalarga doimiy rioya qilguvchi (mo'minlar)dir" (Tavba, 112), deb, "vov"ni keltirgan. Yana:
"Ehtimol Parvardigori - agar u sizlarni taloq qilsa - unga sizlardan yaxshiroq juftlarni muslima, mo'mina (Alloh va uning payg'ambariga) itoat etguvchi, tavba-tazarru qilguvchi, obida, (mudom Allohning yo'lida) ketguvchi juvon va qizlarni almashtirib berur" (Tahrim, 5), deb sakkizinchisida "vov" harfni aytgan. Sahih gap shuki, xabarlardan jannat eshiklari sakkiztaligi ma'lum deb aytishdir. Ibn Abbos (roziyallohu anhu) aytadilar: "Jannat ahlining eng past darajadagilari uchun jannatdagi o'rin 500 yil yuriladigan masofadir va unda 500 ta hur bo'ladi. Dunyo hayotidagidek xotini uni quchoqlaydi, dasturxon uning oldiga qo'yiladi, ammo dunyo hayotidagidek to'yishi bilan tugab qolmaydi, ichimlik ham shunday".
Aytiladiki, jannatdagi har bir narsaning dunyoda o'xshashi bor. Jannat ahli eydilar, ichadilar, ammo bavl qilmaydilar, hojat chiqarmaydilar. Dunyodagi uning o'xshashi qorindagi boladir. Jannat ahli uchun xizmatkorlar bor. Agar kishi biror narsa xohlasa, ularga buyurmasdan oldin uni keltiradilar. Gapirishdan oldin hojatini biladilar. Bu holning dunyodagi uning o'xshashi uning a'zolaridir, agar inson biror narsani xohlasa, uning a'zolari buni biladi va buyurmasidan oldin qiladi. Jannatda bir daraxt bor, uni Tubo deb nomlashadi, uning asl tomiri Muhammad (sollallohu alayhi vasallam) hovlisida, shoxlari har bir hovli va har bir o'rindadir. Uning o'xshashi quyoshdir. Darhaqiqat, uning nuri har bir hovli va har bir o'ringa etadi, har qanday tepalikka, har qanday dalaga, har qanday teshikka kirib bordi va butun dunyoga tarqaladi. Jannatning taomi tugamaydi, garchi undan har qancha esalar ham, undan biror narsa kamaymaydi.