Bugungi kun juda boshqacha kun bo'ldi. Hayajonlar bilan to'la. Sababi O'zbekistonimni-uyimni, onajonimni nafasi keldi. O'g'limga atab olgan sovg'alari, Vatanimni mayiziyu o'rik qoqisi keldi:) alhamdulillah. Ko'p marotaba sovg'a olganman, lekin buni ta'riflash juda qiyin. Kargo hodimi omonatlarimni berdi, men esa hayajondan, bir on avval qutini ochishni istasam ham qo'llarim harakat etmasdi...Bu bir jonsiz quti emasdi, ichi yaqinlarimni ko'z yoshlari, sog'inch-hasratlari bilan to'la qalb edi:(
Oh onajonim-a bolajonimga atab tikkan ko'rpachangizni har qoviganingizda bilmadim qanchalar yosh to'kdingiz, unga atab allalar aytgandirsiz, bilaman...
Jonim singlim men uchun olgan kiyimlaringni kiyganimni ko'ra olmaganing uchun qanchalar xafa bo'lib ko'z yoshlaringni ichingga yutgandirsan azizam...rozi bo'l...
O'g'lim bu kiyimlarni kiysa Podishox, Sultonday bo'ladi, inshalloh:)
Uyqusidan tursin, uni qancha antiqa sovg'alar kutyabdi.
Oh bolajonim sen esa hech narsadan xabaring yo'q pishillab uxlayabsan.
Bir bilsang edi, seni qanchalik yaxshi ko'rgan buva, buving, xolayu tog'alaring bor...
Rabbim nasib qilsinda, tez orada ularni ko'rish nasib qilsin, ana shunda o'zing his qilasan qanchalar sevilganingni...
Allohim, bu kuningni yuzi suvi hurmati barcha ota-ona, tug'ishganlarimizni panohingda asra, ulardan rozi bo'l...