pirimqul qodirovning erk nomli qissasini öqiganmisiz? Men kechagina online öqib chiqdim.
Adib nima demoqchi, tushunmadim...
Erk... Birgina shaxsiy, hirsiy hissiyot deb ota-ona ra'yiga qarshi chiqish kerakmi? Guldek oilani, yosh juvonni, murg'ak gödakni köchaga chiqarib, mustaqil yashashga örgatib, qöyib yuborish mumkinmi? Bir begona, nomahram uchun, bir chet el xodimidan andisha uchun butun qarindosh urug', oila, qishlog'idan voz kechib ketish mumkinmi?
Buni öqigan öquvchida allbatta bir savol tug'iladi: meni erkim kimni qölida?.. Bu özbekchilikkayam, musulmonchilikkayam tög'ri kelmaydiku! Axir, köz oldingizda shaxs erkinligi deya odamlar ne ne tubanliklarga borishyapti...
Haqiqiy muhabbat ayriliqdagina vaslini topadi. Agar u sevganiga yetishsa, turmush qursa, tamom, 1 oydir, 2 oydir, boringki 1 yildir baxtiyor bölar. Lekin bir kun baribir zerikadi... Chunki, bir narsaga yetishgan odam undan mukammaliga intiladi. Yetishgani eski bölib körinadi. Nafs shu yerda g'alaba qiladi.
Misol uchun, men yoshligimda rasm chizishga juda qiziqardim. Yonimda doim rasm albom, möyqalam, rangli ruchkalar bölardi. Hozir ular yöq chunki endi men istagan narsamni kompyuter orqali chiza olaman. Kerak bölsa haqiqiy qilib bera olaman. Endi esa bu ham kam körinyapti, chunki ularni jonlantirib, harakatlantirish orzusi meni tinchimni olgan. Odamlar bir narsaga erishdim, endi tinchgina yashay demaydi, marhum xonanda aytganiday:
bitta rag'bat uchun yashamaymiz biz,
almashinib turar bizda ishtiyoq, havas...
Xuddi shu kabi, qanchalar tez erishilgan visolning qadri shunchalar tez tushib ketadi. Raxmatli Xojiboy aka aytganiday, vasvasaga tushib qolganmiz. Biriga erishsak, ikkinchisi vasvasaga soladi.
Bunday bölmasligi uchun nima qilish kerak?...
Men yuqorida aytib ötilgan qissada Sattor tutgan yölni oqlamayman. Chunki u otasining hoxishini notög'ri deb hisobladi. Uyat, andisha, hayo, iffat liboslariga burkangan ayoli va onasini eskicha fikrlaydiganlikda aybladi. Nima sevgi muhabbat yangicha tuyg'u ekanmi? Texnika asrida ixtiro qilingan yangilik ekanmi? Ösha eskicha fikrlaydiganlarda yurak, hissiyot, hirs yöq ekanmi? Bor! Lekin ular hayo, iffat, odamgarchilikni har narsadan ustun qöyadilar. Aks holda inson deb atalish nimaga, hayvondan farqi qolmaydiku!
Shu örinda opamizning ta'riflarini ham e'tiboringizga havola qilib, özim bilganimcha sharhlab ötmoqchiman:
BAXTSIZLIK baxtning bir tahallusidir,
SIZSIZLIK- siz bilan bo`lmoq fasli-da,
Umidsiz kunlardan umid qiling yor,
AYRILIQ- sevgining vasli aslida!
Baxtsizlik -baxtning bir taxallusidir... Inson özini baxtsiz his etmasligi darkor. Har ishda hikmat bor deyishadi, baxtsizman deya hisoblagan holatiga har tomonlama nazar solsinchi, allbatta uning foydasiga shu holat bölganini köradi. Lekin köpchiligimiz buni tan olgimiz kelmaydi. Aslida, Donishmand akamiz aytganiday: Bazan tuyg'ularingiz eng
yaqin dushmaningiz bo'lib
qoladi, aldaydi. Aslida
haqiqat unday emas,
haqiqat siz
hohlaganingizdek!
Sizsizlik - siz bilan bölmoq faslida!.. Ya'ni, siz bilan bölmoq uchun, siz yonimda bölmasligingiz kerak. Shu jumlaning özi ham fikrimni tasdiqlab turibdi, agar yonimda bölsangiz, siz bilan emas boshqa narsalar bilan band bölaman deyilmoqda. Siz yonimda bölmasangiz, siz bilan band bölaman deyilmoqda.
Umidsiz kunlardan umid qiling, yor,
Ayriliq - sevgining vasli, aslida! Chunki sevgining qadri ayriliqdagina bilinadi. Haqiqiy sevgilar hijron, sog'inch taftida toblanadi.
Mana shu erk qissasi ham ba'zi asarlar singari milliy qadriyatlarga qarshi buyurtma asosida yozilgan degan shubha uyg'ondi. Aks holda, Zahiriddin Muhammad Boburday buyuk ajdodimiz hayoti va avlodlari siyratini yoritib bera olgan yozuvchida bunday qabih niyat uyg'onishi mumkin emas...
Qimmatli vaqtingizni olganim uchun uzr sörayman, axir, forumdan boshqa kimga yorilish mumkin