4. Qiblaga yuzlanish. Qibla, deb Ka’bai Muazzama tomonga aytiladi. Qiblaga yuzlanib namoz o‘qimoqchi bo‘lsa-yu, orqa tomonidan dushman yoki yirtqich hayvonning xavfi bo‘lsa, undan bu shart soqit bo‘ladi. (Shuningdek, kasal kishi ham qodir bo‘lgan tomoniga yuzlanib namozni ado qiladi. Qiblani topishdan ojiz qolgan kishi bir tomonni qibla, deb qasd qiladi. Qasd qilish, deganda kishining tevarak-atrofdagi omillardan foydalanib qiblani izlashiga aytiladi. Misol uchun daraxtlarning bargiga, quyosh chiqib-botishiga qarab, xullas, har makonning o‘ziga yarasha qiblani aniqlash omillari bo‘ladi. Shulardan foydalanib, imkon qadar qiblani qidiradi va g‘olib bo‘lgan gumoni bilan qibla shu tomonda, deb qasd qiladi. Agar qasd qilgan tomoni qibla bo‘lmasa ham, shu tomon qibla, deb qasd qilganligi sababli namozi durust bo‘lib, uni qaytarib o‘qimaydi. Ammo bir tomonni qibla, deb qasd qilmay namoz o‘qisa-yu, vaholanki, yuzlangan tomoni qibla bo‘lsa ham, namozi durust bo‘lmay, uni qaytarib o‘qiydi. Chunki qiblaning qay tomonda ekanligini bilmagan kishi uchun bir tomonni qibla, deb qasd qilishi shartdir... - tarj.)
5. Namoz vaqtining kirishi. Vaqti kirmay turib o‘qilgan namoz farz o‘rniga o‘tmaydi. Namozni vaqti kirgandan to chiqib ketgunga qadar ado qilishlik kerak. Agar vaqt tahoratni qilishlik va farz namozni edo etishlik miqdoricha qolgan bo‘lsa, mana shu tor fursatda faqat namozga harakat qilish vojib bo‘ladi, boshqa amallar bilan mashg‘ul bo‘lishlik harom hisoblanadi. Namozni o‘z vaqtidan shar’iy uzrsiz o‘tkazib yuborish ham haromdir. Shar’iy uzrlarga uxlab qolish, esdan chiqarishlar kiradi.