133. Salmo roziyallohu anxo (bu zot Abu Rofi’ roziyallohu anhu Rasulullohu alayhi vasallamning xotinlarining xodimi, payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning xodimalari va oshpazlari Rasulullohning o‘g‘illari Ibrohimning doyalari) rivoyat qiladi: bu zotning qoshlariga imom Hasan va Abdulloh ibn Abbos va ibn Ja’far roziyallohu anhum keldilar. Ey, Salmo, bizlar uchun Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga marg‘ub va rag‘bat bilan yeydigan bir taomlarini pishirib bering, dedilar. Salmo aytdilar: Ey o‘g‘ilcham, bugungi kunlarda u taomni orzu qilib o‘tirma - u taom yuqligida, nochorlikda yeyiladigan taom edi. Imom Hasan dedilar: Ha, biz uni orzu qilurmiz. Keyin Salmo turdilar. Bir oz arpa olib, uni tegirmon qildilar. Keyin uni qozonga soldilar. Ustiga ozroq zaytun yog‘idan quydilar va qoramurch, zira, quruq kashnich, zanjabinlarni tuyib soldilar. Pishgandan keyin olib kelib qo‘ydilar, va dedilar: Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga marg‘ub taom mana shu edi, va shuni rag‘bat bilan yer edilar.