Ibn Abbos raziyallohu anhudan rivoyat. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam dedilar:
"œBaraka kattalaringiz bilan birgadir". (Tabaroniy rivoyatlari, Alboniy: sahih)
Kattalar chiroyli pand nasihat qilishsin. Onangizga quloq solmasa, otangiz quloq solar ekan, demak otangiz yaxshilab gaplashishlari kerak. Agar ota-onani behurmat qilib, namozlarini tark qilishga yetib kelgan bo'lsa, bunga jiddiy qarash kerak. Chunki Alloh taolo Qur'oni Karimda:
"œRabbingiz sizlarning faqat Unga ibodat qilishlaringizga va ota-onaga yaxshi muomilada bo'lishlaringizga hukm qildi". (Isro, 23) deydi.
Kerak bo'lsa buva-buvilaringiz, yoshi kattaroq qarindoshlaringiz va qo'shnilaringiz chiroyli pand nasihat qilishsin. Do'stlari qanday odamlar ekaniga ota-onangiz ahamiyat berishsin. Ro'za tutar ekan, tarovehga chiqar ekan demak inshaalloh hali imkon bor, Allohning rahmati va g'azabini, va'da va va'idni eslatish kerak,
"Zero, eslatma mo'minlarga manfaat etkazur." (Vaz Zoriyot, 55)
Farz va nafl namozlaringizda, duolaringizda akangizga Allohdan insof so'rang. Boshqa yaqinlaringiz ham duo qilishsin. Bir mo'minning ikkinchi mo'minga qilgan duosi qabul bo'ladi inshaalloh.
Bugungi kunda bu narsa ko'pchilikning muammosiga aylangan. Allohdan barcha musulmonlarning farzandlari, jumladan sizning ham akangiz ota-onaga Alloh buyurganidek muomila qilishlarini va Allohga ibodat qilishda sustlashmasliklarini so'raymiz.