Vaqt.
E'tibor berganmisiz, bugun deyarli barchamizga bir narsa yetishmaydi: Vaqt! Ko`chada istagan odamingizdan biror narsani iltimos qilib ko`ring,albatta uning vaqti yo`q" bo`lib chiqadi. Yoningizdan g`izillab o`tayotgan mashinalarni qarang, Bir zumlik qizil chiroqqa ham to`xtagilari kelmaydi. Molu - jon xatarga qolsa qolsin u tezroq y`olga ravona bo`lsa bo`ldi. Chunki vaqt yo`q"!
Bizning vaqtimizga nima bo`lyapti? Nega bizning vaqtimiz yo`q? Vaqtimiz qayoqqa ketyapti? Vaholanki, biz bugun fan-texnika rivojlangan, zamonaviy tilda aytadigan bo`lsak sivilizatsiya" davrida yashayapmiz. Bugun dunyoninig qaysidir burchagida sodir bo`lgan voqeadan soniyalar ichida voqif bo`lishimiz mumkin. Istasak, bir zumda Amerikadagi tanishimiz bilan gaplashyapmiz. Istasak minglab chaqirim masofaga bir necha soat nari-berisida yetib borish imkoni bor. Ammo shunga qaramasdan, bari bir insoniyat muammosining ko`lami toraygani yo`q.
Tasavvur qiling, bundan yuz yil oldin mening bobom Toshkentdan Samarqandga borib kelish uchun yigirma kun vaqt sarflagan. Men esa bugun atigi bir kun vaqt sarflashim mumkin. Vaholanki, Toshkent bilan Samarqandning orasidagi masofa hali ham o`sha-o`sha. Oradan yuz yil o`tib bu masofa o`zgarib qolgani yo`q. Gap shundaki, bobom Samarqandga otda borib kelgan. Men esa bugun g`ir etib ''nexia"da borib kelaman.
Qarang shu oddiygina masalada men o`n to`qqiz kun iqtisod qilyapman. Biroq... bu muvaffaqiyatdan men quvona olmayman. Chunki menga baribir vaqt yetishmaydi. Mantiqan olib qaraganda men endi o`n to'qqiz kun mazza qilib dam olishim kerak edi. Ammo...
Nima uchun shunday? Bu zalvorli savolga Rasululloh dan rivoyat qilingan bir muborak hadis javob beradi:
Anas ibn Molik dan rivoyat qilinadi: Rasululloh dedilar: "To zamon yaqinlashib qolguniga qadar Qiyomat qoim bo`lmaydi. (zamon yaqinlashadi) hatto yil oydek, kun soatdek, soat esa bir uchqunchalik bo`lib qoladi". (Termiziy rivoyati).
Bu habardagi soatlarning tezkorligini boshqa bir hadisda chiroyli bir o`xshatish bilan ifodalangan. Yani, ...soatlar hurmo bargini yonishidek bo`lib qoladi", deyiladi.
O`n to`rt asr avval aytilgan ogohlantirishlar bizning bugungi kunlarimiz uchun aytilgandek. Darhaqiqat, bugun vaqtdan baraka ketganini hammamiz ko`rib turibmiz. Bu hodisa esa har birimizni sergaklantirmog`i kerak. Aslida mana shu xil oyat-ibratlarning ayon qilinishi ham Allohning rahmati va bandalariga nisbatab cheksiz mehribonligidandir. Zero, aqli butun insongina bir-birini quvib o`tayotgan bu yildirim kunlar o`zining umriga otilayotgan o`q ekanini anglaydi. Shuning uchun o`tayotgan har daqiqadan o`zining munosib ulushini olib qolmoqqa intiladi. Bu ulush esa shubhasiz Alloh rizoligidir.