forum.ziyouz.com
Jamiyat va inson => Pazandalik => Turk oshxonasi => Mavzu boshlandi: Ansora 31 Dekabr 2011, 22:25:26
-
:asl3:
(http://s017.radikal.ru/i405/1112/fc/89d67b483afa.jpg) (http://www.radikal.ru)
Xohlasangiz qatiq yoki mayonez ham solishingiz mumkin:
(http://s55.radikal.ru/i150/1112/57/bf62c67e3035.jpg) (http://www.radikal.ru)
-
Men 1 kg edi adashmasam hammasini solibman, ustida 5kg suvda pishiring, deganiga boshda hayron bo'ldim, rostdan ham rosa suv tortar ekan, lekin juda mazali bo'ldi.
Ichiga yashil no'xat, kartoshka, sabzini qaynatib, to'g'rab soldim, tuzlangan bodring, makkajo'hori konservasi bor. Ha yana petrushka yoki ukrop ham to'grashingiz mumkin. Limon siqdim, zaytun yog'i soldim, biroz tuz. Chunki tuzlangan bo'lgani uchun unchalik tuz kerakmas. Qaynonam mayonez yemaganlari uchun u kishiga mayonezsiz ajratdim.
Qolganiga 5-6 qoshiq qatiq, 5-6 qoshiq mayonez soldim, judayam barakali bo'ldi:)
(http://s012.radikal.ru/i321/1201/50/c5793cfa92ab.jpg) (http://www.radikal.ru)
-
Assalomu alaykum, Kapalak xonim! Juda mazali salatga o'xshaydi, to'liq reseptini yozib yuboring
-
Assalomu alaykum, Kapalak xonim! Juda mazali salatga o'xshaydi, to'liq reseptini yozib yuboring
Valaykum assalom.
Kuskus makaronini men 800 gr yoki 1 kg pishirdim. Judayam barakali bo'ldi, bemalol 10 kishi to'yadi:) 5 kg suvni ichida qaynatib, 15 daqiqaga yaqin pishirib, suzasiz, ustidan bir sidra sovuq suv to'ksangiz kuskuslar yopishmaydi.
Sovugandan keyin ustiga 1 dona limonni siqib soldim.
0.5 qoshiq tuz.
mayda to'g'ralgan petrushka.
200 gr yasxhi no'xat, 2-3 dona sabzi, 1 dona kartoshkani suvda qaynatib pishirib, to'g'rab soldim (olivye salatiday) tuzlangan bodringniyam (2-3 dona) mayda to'g'rab soldim.
Agar mayonez yoqtirsangiz, 5-6 qoshiq mayonezga 5-6 qoshiq qatiqni aralashtirib solishingiz mumkin, lekin soddayam mazali bo'ladi.
Zaytun yog'i bo'lsa 0.5 stakan undan, yo'q bo'lsa salat yog'i soling.
-
:asl3:
Rahmat, Alloh rozi bo'lsin!